Surxondaryo viloyatida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan birinchi chorak uchun daydjest

14/04/2022 - 17:02 2887

721 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

489 ming 731 ta xonadonlarning 489 ming 731 tasi (100 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

  • 44 499 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar, 9,1 foiz);
  • 292 774 ta xonadon ikkinchi toifaga (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 59,8 foiz);
  • 32 312 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 6,6 foiz); 
  • 120 146 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 24,5 foiz) kiritildi.

Xatlovlar natijalariga ko‘ra: 

“Onlayn-mahalla” platformasiga 489 ming 731 ta xonadon (100 foiz) kiritilgan.

Aholi xonadonlaridan 68 ming 629 ta turli muammo va takliflar aniqlangan.

Shuningdek,

  • 120 ming 704 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 30 ming 177 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 5 ming 98 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
  • 13 ming 289 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
  • 27 ming 455 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 812 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 37 ming 925 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlangan.

Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

  • mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 53 ming 813 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Xususan,

  • 4 ming 930 nafar fuqaro tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;
  • 24 ming 476 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;
  • 7 ming 23 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;
  • 1 ming 304 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga a’zo qilindi;
  • 3 ming 470 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;
  • 3 ming 968 nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;
  • 1 ming 372 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilindi;
  • 7 ming 270 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 5 ming 98 nafar fuqarodan
4 ming 387 nafari: 

  • Bandlik boshqarmasi; 
  • Savdo-sanoat palatasi;
  • Tadbirkorlik asoslari maktabi;
  • Oliy biznes maktabi;

nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilib, ularga tadbirkorlik qilishlari uchun kredit va subsidiyalar ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami
850 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Bugungi kunda 9 ming 433 ta fuqaroga 280,9 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.

Shundan, 

tijorat banklari tomonidan 3 ming 984 ta fuqaroga 106,1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 5 ming 847 gektar yer maydonlari 36 949 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.

Hozirgi kunda, 

  • 5 ming 57 gektar yer maydoni 26 ming 442 ta lotlarga (86 foiz) ajratilib, auksion savdolariga qo‘yilgan.
  • 19 ming 123 ta lotlarga ajratilgan 3 ming 516 gektar yer maydonlari (70 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz mahsulotlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turgan 9 ming 565 nafar fuqaroga 1814 gektar yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda 9 ming 565 nafar fuqaroning doimiy daromad manbai bo‘lishiga erishildi.

Viloyat bo‘yicha jami 145 ming 332 bosh parranda, qo‘y, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.

Jumladan,

  • 84 ming 290 bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 138 ming 322 bosh (164,1 foiz) tarqatilgan;
  • 5 ming 720 bosh qo‘y va echki tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 3 ming 190 bosh (56 foiz) tarqatilgan;
  • 3 ming 70 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 1 ming 342 bosh
    (43 foiz) tarqatilgan;
  • 2 ming 261 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 2 ming 478 ta
    (109,6 foiz) tarqatilgan.

Shuningdek, 2 ming 502 sotix yer maydonida aholi xonadonlarida issiqxonalar qurilgan bo‘lib, ushbu issiqxonalar qurilishi natijasida 894 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 592 nafar kichik biznes subyektlarini tashkil etish belgilangan. 

Bugungi kunda: 

  • 946 ta (159 foiz) yangidan kichik biznes va 1968 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati