“INTRODUCTION TO PUBLIC SPEAKING” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
02/12/2021 - 17:42 2240
Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti tomonidan “Introduction to Public Speaking” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash hamda salohiyatini oshirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan, xodimlar, yoshlar o‘rtasida notiqlikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni inobatga olgan holda, sinov tarzida, vazirlikning faol yoshlari ishtirokida ingliz tilida notiqlik bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningni o‘tkazish uchun Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Kunmin universiteti bitiruvchisi, moliyaviy tahlilchi, shuningdek, xitoy va yapon tillari bo‘yicha ko‘plab treninglar tashkilotchisi Erkayev Bohodir Baxtiyorovich taklif qilindi.

Trening ishtirokchilari jamoatchilik oldida nutq so‘zlash turlari va usullari to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot yakunida qatnashuvchilar mashg‘ulot olib boruvchi tomonidan nutq shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar va shu asosda o‘z fikrlarini bayon etdilar.
Inson resurslari va xodimlar salohiyatini
rivojlantirish departamenti