“Korrupsiyasiz iqtisodiyot” mavzusida insholar tanloviga start berildi.

25/11/2021 - 19:27 5045

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi bosqichini yaratish boʻyicha 2021-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ning 51-bandida koʻzda tutilgan “Korrupsiyasiz iqtisodiyot” mavzusida insholar tanloviga start berildi.

Quyida ilova qilingan Nizomda tanlovning shartlari, o‘tkazilish sanasi va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilgan.

Ishtirokchilardan Nizomni diqqat bilan o‘qib, tanishib chiqishlari so‘raladi. Barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!

 

“Korrupsiyasiz iqtisodiyotmavzusidagi insholar tanlovini otkazish togrisidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi xodimlar o‘rtasida Korrupsiyasiz iqtisodiyotmavzusidagi insholar tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish ixtiyoriy, oshkoralik, xolislik, tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
  3. Tanlov Vazirlik tizimda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va halol mehnat madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tanlov hisoblanadi.
  4. Tanlov Vazirlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar (30 yoshgacha bo‘lgan) o‘rtasida o‘tkaziladi.
  5. Tanlov Korrupsiyasiz iqtisodiyot” mavzusidagi insholar asosida tashkil etiladi.
  6. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, tanlov g‘oliblarni taqdirlash ushbu Nizomning ilovasi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining “Korrupsiyasiz iqtisodiyot” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hakamlar hay’ati (keyingi o‘rinlarda – Hay’at deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

 

2-bob. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar

  1. 7. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – vazirlik oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifa va funksiyalarni bajarishda to‘sqinlik qilayotgan, sohalarda uchrayotgan korrupsiya bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularga yechim topish yo‘li bilan tizimda korrupsiyaga barham berishdan iborat. Shuningdek, ushbu jihatlar inshoning asosiy mazmun-mohiyatida aks etishi lozim.
  2. 8. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

- vazirlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;

- xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish;

- xodimlarning korrupsiyasiz iqtisodiyot to‘g‘risidagi ijodiy ishlarini munosib baholab, ularni taqdirlash.

 

3-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi

  1. 9. Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘zlarining Korrupsiyasiz iqtisodiyotmavzusidagi insholarni A4 formatga qo‘lda yozib, pdf variantda bquchqorov@mineconomy.uz elektron manziliga yuborishlari talab etiladi. Inshoning hajmi 8-10 betdan iborat bo‘lishi kerak.

Insho muayyan reja asosida, muallifning tegishli taklif va xulosalari bilan boyitilgan bo‘lishi lozim.

 

4-bob. Tanlov bosqichlari

  1. 10. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi, jumladan:

1-bosqichhududiy bosqich: joriy yilning 25-29-noyabr kunlari vazirlik hududiy bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

2-bosqich – final bosqichi: joriy yilning 6-dekabr kuni hududiy, ya’ni, har bir boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlardan eng yaxshi insho taqdim etgan xodimlar ishtirokida “zoom” platformasi orqali Hay’at tomonidan suhbat asosida o‘tkaziladi.

  1. 11. Tanlovning 1-bosqichini o‘tkazish tartibi:

1-bosqich. Tanlovning 1-bosqichi tizimda ijro intizomi va tizim faoliyatida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etadi.

1-bosqich yakuni bo‘yicha Vazirlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokchisining Korrupsiyasiz iqtisodiyot mavzusidagi inshosi va ushbu xodim faoliyat yuritayotgan sohasi bo‘yicha tegishli hujjatlari joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar Vazirlik bquchqorov@mineconomy.uz elektron manziliga taqdim etiladi.

  1. 12. Tanlovning 2-bosqichi (final)ni o‘tish tartibi:

Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, hududiy bosh boshqarmalar, idoraviy mansub tashkilotlarida eng yaxshi yozilgan insho taqdim etgan va 1-bosqich g‘olibi bo‘lgan xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda Hay’at tomonidan ishtirokchilarning inshosi quyidagi baholash mezonlari asosida o‘rganilib, jami 60 ball bilan baholanadi:

Mazmuniga (inshoning dolzarbligi, amaliyotda mavjud bo‘lmagan yangicha yondashuvning mavjudligi va amalga oshirish mexanizmlari) – 40 ball;

Imloviy savodxonligi  – 20 ball.

Final ishtirokchilari uchun onlayn suhbatga Vazirlik Yuridik departamenti tomonidan taqdim etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida savollar tayyorlanadi.

Tanlovning keyingi yo‘nalishi (onlayn suhbat)ga o‘tish balli – 40 ball bo‘lib, bunda ishtirokchilar tomonidan yozilgan insholar 40 ball va undan yuqori baholansa, suhbatga tavsiya etiladi.

  1. 13. Tanlovning 2-bosqichi (final)da Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha onlayn suhbat o‘tkazish.

Tanlovda 40 ball va undan yuqori baholangan insho mualliflari onlayn suhbatda ishtirok etadi. Bunda taqdim etilgan insho bo‘yicha suhbat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  savol-javob o‘tkaziladi.  Savollar quyidagilar yuzasidan tuziladi:

  1. Inshoning asosiy mazmunini, unda keltirilgan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini tavsiflash (20 ball)
  2. Korrupsiyaga qarshi qonunchilik bo‘yicha savol (2 ta – har bir savolga to‘liq berilgan javob 10 balldan baholanadi)
  3. 14. Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosalari asosida Tanlovning final bosqichi g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) aniqlanadi hamda boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga ko‘ra nominatsiyalar belgilanadi.

5-bob. G‘oliblarni taqdirlash

  1. 15. Tanlovning final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan
    (1-, 2-, 3-o‘rin) xodimlar o‘rnatilgan tartibda I, II, III darajali diplomlari, shuningdek:

1 o‘rin 6 000 000  (olti million) so‘m;

2 o‘rin 5 000 000 (besh million) so‘m;

3 o‘rin 4 000 000 (to‘rt million) so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Bunda, mazkur pul mukofotlarini to‘lab berish amaldagi qonunchilikka asosan ijtimoiy soliqni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

 

6-bob. Yakuniy qoidalar

  1. 16. Hay’at kotibi tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydi, tanlovni olib borilishi bo‘yicha tegishli hujjatlarni yuritadi, sinov topshiriqlarini tayyorlaydi.
  2. 17. Tanlovning Nizomiga rioya qilmagan shaxslar hakamlar hay’ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi.

 

 

“Korrupsiyasiz iqtisodiyot” tanlovi Nizomiga
ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Korrupsiyasiz iqtisodiyot tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha

HAKAMLAR HAY’ATI

 

T/r

F.I.O.

Lavozimi

1.

S. Qoʻychiyev

Yuridik departament direktori oʻrinbosari – Huquqiy ta’minot boʻlimi boshligʻi

2.

O. Maxmudov

Vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.v.b.

3.

Sh. Do‘manov

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

 

4.

B. Nabiyev

Sud da’volarini yuritish va shartnomaviy-huquqiy sho‘basi mudiri

5.

U. Ibatxodjayeva 

 

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

6.

O. Jo‘rayev

 

Bosh hisobchi

7.

D. Jurayeva

Axborot xizmati bo‘limi

boshlig‘i

8.

D. Ibodova

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

 

9.

B. Quchqorov

1-toifali ish kotib-yurituvchi,
hakamlar hay’ati kotibi

 

Izoh: Hakamlar hay’ati qarorlari hay’at ishtirokchilarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.