O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida mehnat faoliyatini yuritgan Maxmudov Baxtiyor Mirzaxmadovichning oila a‘zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiramiz

04/08/2021 - 17:25 2274

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi bosh mutxassisi lavozimini egallab kelgan Maxmudov Baxtiyor 4 avgust kuni vafot etdi.  

Maxmudov Baxtiyor Mirzaxmadovich 1953-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1975-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Maxmudov Baxtiyor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 17 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligidagi faoliyatini 2003-yilda To‘lov balansi bo‘limi boshlig‘i sifatida boshlagan.

 2005–2016-yillarda vazirlikning Tashqi savdo va to‘lov balansi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2016–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi to‘lov balansini ishlab chiqish va monitoring bo‘limi boshlig‘i, to‘lov va tashqi savdo balanslarini ishlab chiqish va monitoring bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2017–2018-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Tashqi savdo va bojxona tariflarini tartibga solish masalalari boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2018–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi va tahlili boshqarmasi eksport hajmini oshirish va prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2019–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Iqtisodiyot tashqi sektorini prognozlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida mehnat faoliyatini yuritgan.

 2020-yil 7-apreldan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Maxmudov Baxtiyor Mirzaxmadovichning oila a’zolari va qarindoshlariga vazirligimiz tomonidan hamdardlik bildiramiz.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligini

Axborot xizmati