O‘zbekistonda inklyuziv fan, texnologiya va innovatsiya tizimini rivojlantirish
19/02/2020 - 12:44 4184
2020 yil 18 fevral kuni Toshkent shahridagi “Radisson BLU Tashkent” mehmonxonasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, YuNESKO va Islom taraqqiyot banki hamkorligidagi “O‘zbekistonda inklyuziv fan, texnologiya va innovatsiya (FTI) tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda mutasaddi vazirlik va idoralarning yuqori va o‘rta darajadagi ilm-fan bo‘yicha xodimlari, FTI sohasidagi boshqa manfaatdor tashkilotlar, hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimlari ham qatnashdilar.
Mazkur loyiha O‘zbekiston hukumatiga FTIning milliy tizimini o‘rganishda hamkorlik qiladi va texnik yordam ko‘rsatadi.
Seminar davomida FTI tizimining dinamikasi va O‘zbekistonda, Barqaror rivojlanish maqsadlarini nazarda tutgan holda, FTIga asoslangan rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashning muammolari va imkoniyatlari muhokama qilindi, O‘zbekiston uchun kelajakdagi strategik yo‘nalishlar nuqtai nazaridan FTIning SVOT (kuchli, kuchsiz tomonlari, imkoniyatlar va havflar) tahlili olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda FTI tizimini shakllantirishda ishtirok etadigan va FTI siyosati bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshiradigan milliy ishchi guruhi shakllantirildi.