Jaxon banki vakillari bilan uchrashuv

10/02/2020 - 10:56 3742

2020 yil 6 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo’jaev Jaxon bankining ijtimoiy rivojlanish bo’yicha katta mutaxassislari janob Robert Vrobel va Odri Saks xonim bilan uchrashdi.

Suhbat chog’ida asosiy e’tibor Jahon banki ko’magida amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan “Obod qishloq” loyihasi yordamida qishloqlardagi aholining turmush darajasini yaxshilash, xususan qishloq va mahallalarning ko’rinishini o’zgartirish birlamchi masala sifatida belgilandi.

Joriy yilning 17 yanvar kuni O’zbekiston hukumati va Jaxon banki vakillari ishtirokida 100 million AQSh dollari miqdorida o’zaro qarz kelishuvi imzolangan edi.

Shu bilan birga, faoliyatni amalga oshirish bo’yicha yo’riqnoma va ma’lumotlarni boshqarish tizimini ishlab chiqishni jadallashtirish ta’kidlandi.

Loyihaning tayyorgarlik boshqichida tegishli qonun xujjatlarini rasmiylashtirish borasida har ikkala tomon samarali xamkorlik qilishga kelishib oldilar.