Yevropa biznesi uyushmasi (AEB) vakillari bilan uchrashuv
12/11/2019 - 21:49 4196
Bugun, iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jaev Yevropa kompaniyalari vakillari – Yevropa biznesi uyushmasi a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Schneider Electric kompaniyasining Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘yicha Prezidenti, kompaniya Boshqaruvi raisi Yoxan Vanderplaetse, delegatsiya tarkibidagi Bayer, Creon Capital, Dow Europe GmbH, Kärcher, Kuehne+Nagel va boshqa Yevropaning nufuzli kompaniyalari rahbarlari qatnashishdi.
Ma’lumot o‘rnida: Yevropa biznesi uyushmasi (AEB) – Rossiyadagi horijiy investorlarning asosiy vakolatxonasi hisoblanadi. 1995 yilda tashkil topgan mazkur uyushma mustaqil notijorat tashkilot bo‘lib, 500 dan ortiq kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan. Rossiya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida Yevropa kompaniyalarining manfaatlarini ifoda etadi.
Muzokaralar davomida kompaniyalar vakillariga O‘zbekistonda olib borilayotgan samarali iqtisodiy islohotlar, qabul qilingan sanoat dasturlari bo‘yicha ma’lumot berildi hamda biznes yuritish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Ushrashuv davomida Yevropa kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, hamkorlikni kengaytirish, vakolatxonalarni ochish va sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga undayotganini ta’kidlab o‘tishdi.