Xorijiy investorlar uchun “Investment visa” joriy etiladi

20/09/2019 - 18:17 5141

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 sentabrdagi PF-5833-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida habar berilmoqda.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qo‘shiladi.

“Investment visa” – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.