Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning ekspertizasidan 2019 yil may oyida oʻtgan EIZ hududida amalga oshirishi ehtimol qilinayotgan investitsiya loyihalari
20/06/2019 - 18:08 17359
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar mamlakat iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni faol jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Yuqoridagiga asoslangan holda, Markaz tomonidan joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasining Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududlarida amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarning biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha xulosalar berildi.
Investitsiya loyihalarining hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ularni EIZ hududlarida amalga oshirilishi uchun belgilangan talablarga muvofiq ekanligini toʻliq tahlili oʻtkazildi.
Eslatib oʻtish lozimki, Markaz tomonidan ijobiy xulosa berilganidan soʻng, EIZning maʻmuriy kengashlari EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni, ularga berilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini inobatga olgan holda, qabul qiladilar.
Ushbu jadvalda Markazning ekspertizasidan oʻtgan 20ta investitsiya loyihalari koʻrsatilgan, ulardan 13tasi "Buxoro-Agro" EIZda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan - Koreya va Xitoy texnologiyalari hamda oyna bilan qoplangan gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Ayollar va erkaklar poyabzali "Jizzax" EIZida ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. "Gijduvon" EIZda kompozit armaturasi, sandvich paneli va polistirol penoplastini ishlab chiqarilishi koʻzda tutilmoqda.
Yuqori texnologiyadan foydalangan holda "Urgut" EIZida quritilgan mevalar, yongʻoqlar va sogʻlom sneklarni ishlab chiqarilishi va qadoqlanishi taklif qilinmoqda.
Turizmni rivojlantirish maqsadida "Chorvoq" ETZda agroturizm boʻyicha dam olish majmuasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Markazning ekspertizasidan 2019 yil may oyida oʻtgan
EIZ hududida amalga oshirishi ehtimol qilinayotgan
investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
№ |
EIZ direksiyalarining nomlari |
Investitsiya loyihasining tashabbuskori |
Hujjatlar |
Investitsiya loyihalarining nomlari |
«Angren» |
МChJ «Maishiy Texnika», компания «Hefei Qinkai Trading Co Ltd. |
biznes-reja |
Dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (infuzion yechim sistemasi) |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Elshod Dilshod Dilnoza" |
biznes-reja |
Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
XT "Тўқимачилик тайёрлов савдо" |
biznes-reja |
Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Vita" |
texnik- iqtisodiy asos |
Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Agro Greenhouse Group" |
biznes-reja |
Xitoy texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Buxoro Bilol" |
biznes-reja |
Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Agro Logistic Industry" |
biznes-reja |
Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
|
«Angren» |
XT МChJ "Ecoton-Sharq" |
biznes-reja |
Avtoklav usuli bilan qotadigan gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqish zavodini yaratish
|
«Chorvoq» |
МChJ "Palovniya house" |
biznes-reja |
Agroturizm boʻyicha dam olish zonasini yaratish |
|
|
«Navoiy» |
МChJ "Sharq Qurilish Servis" |
biznes-reja |
Gigiena mahsulotlarini ishlab chiqarish (suyuq sovun, shampun, ter kremi) |
«Buxoro-agro» |
МChJ "Rus Trade" |
texnik- iqtisodiy asos |
Gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlab chiqish, hamda transport logistika xizmalari. |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Yarash Mirjon Mirjaxon" |
biznes-reja |
Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Urgut» |
МChJ "Yec Gilam" |
biznes-reja |
Quritilgan mevalar, yongʻoqlar va sogʻlom sneklarni yuqori-texnologik usul bilan ishlab chiqarishni toliq siklini va qadoqlashni yaratish |
|
|
«Gijduvon» |
МChJ "Sanjarsystemservice" |
texnik-iqtisodiy asos |
Kompozit armaturasi, sandvich paneli va polistirol penoplastini ПСБ-С М-25 ishlab chiqarish |
«Buxoro-agro» |
"Agro Trade" МChJ |
texnik-iqtisodiy asos |
Gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Abduraxim Ulugjon Obod" |
biznes-reja |
Chet el texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Nihol-2018" |
biznes-reja |
Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Jizzax» |
МChJ "ITALIAN LIVING" |
biznes-reja |
Ayollar va erkaklar poyabzalini ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Jondor Thermo Trade" |
biznes-reja |
Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
|
«Buxoro-agro» |
МChJ "Salim Said Mega Fruts" |
biznes-reja |
Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish |
Boʻlim boshligʻi E.Rixsiev