O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashdi

28/11/2018 - 15:59 7018

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev 27-noyabr kuni Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisining o‘rinbosari Filip Voytex boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida Chexiya delegatsiyasiga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, iqtisodiyotdagi islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar va O‘zbekistonning Chexiya Respublikasi bilan hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Chexiya bilan mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayatgan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratayotganligi qayd etildi. 

Bundan tashqari, oxirgi yillarda O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan olib borayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlari, mamlakatning mehnat resurslari, yengil sanoatni, shu jumladan tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlovchi klasterlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda mavjud xatarlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Chexiya delegatsiyasining rahbari Voytex Filipp tashkil etilgan uchrashuv va berilgan ma'lumotlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Chexiya davlati ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini alohida qayd etib:

- ikki davlat o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish;

- qo‘shma korxonalar ochish va hududlararo hamkorlikni tug‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish orqali rivojlantirish;

- ikki mamlakatning sayyohlik va tarixiy shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qayta tiklash;

- temir yo‘l-passajir transportini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istaklarini bildirdi. 

Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlik ikkala mamlakat iqtisodi uchun ham foydali bo‘lishi ta'kidlandi.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizamti