O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20/01/2017 - 12:58 8188
Joriy yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikkala taraf ham O‘zbekiston Respublikasining Jahon banki bilan hamkorligi tobora kuchayib borayotganligini qayd etdilar. Shuningdek, elektr-energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, suv ta'minoti, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘tgan yili qabul qilingan 2020-yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga 27 muhim loyiha kiritilgan, uning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.
Axborot xizmati