20-avgust kuni Iqtisodiyot vazirligida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi
20/08/2016 - 11:25 7553
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yillik bayrami oldidan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab obodonlashtirish va tozalik oyligi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-avgustdagi farmoyishi asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning bag‘rikenglik, hamjihatlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, poklik va ozodalikni saqlash kabi olijanob fazilatlarini yana bir bor namoyon qildi.
Bugun Iqtisodiyot vazirligida ham o‘zgacha shukuh. Erta tongdan vazirlik xodimlari shahr ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish, fayzli diyorimizning bayramoldi taraddudlariga o‘z hissalarini qo‘shishga bel bog‘lab keldilar.
Umumxalq xayriya hasharida vazirlik binosi atrofidagi maydonlar tozalandi, daraxtlar va yo‘laklarning hoshiyalari oqlandi, chiqindilar bartaraf etilib, suvlar sepildi.