Loyihada qatnashuvchi banklar haqida ma'lumot
05/02/2015 - 14:21 13539
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasida quyidagi tijorat banklar qatnashmoqda: “Asaka” DATB, “O’zsanoatqurilishbank” ATB, “Hamkorbank” ATB. Ushbu banklar to’g’ridan-to’g’ri loyihaning B Komponenti “Ishtirok etayotgan banklar uchun kredit liniyasi ochish” bilan shug’ullanadi.
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, ajratilgan mablag’i ishtirok etayotgan banklarida ochilgan kredit liniyalar orqali energiya samaradorligi texnologiyalarni joriy etish maqsadlariga sanoat korxonalarga beriladi.
Shuningdek, IDA krediti banklar o'rtasida teng miqdorida taqsimlangan (Birinchi kredit liniyasi - 8 million AQSh dollari, Ikkinchi kredit liniyasi esa -33 million AQSh dollaridan). Kredit ajratish asosiy mezoni sanoat korxonalarini 20% va undan yuqori yillik energiya tejashiga erishishdir.
Qayta moliyalash vazifasidan tashqari, ishtirokchi banklar quyidagi vazifalarini bajaradi:
• bankining tartiblariga qarab, sanoat korxonalarga ajratilgan investitsiyalarini monitoring qilish va tekshirish;
• O'zbekiston Respublikasi va Jahon banki qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlash uchun kredit hujjatlarni ko’rib chiqish, texnik baholash, ijtimoiy va atrof-muhitga ta'sirni baholash, xaridlar tartibini bajarish va moliyaviy hisobot va monitoring bajarish uchun ma’sul bo’lish;
• sub-kreditlar moliyalashritishni muvofiqlashtirish, hamda Jahon banki, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor tomonlar bilan aloqani ta’minlash;
• marketing va energiya samaradorligi sub-loyihalarning doimiy ketishini ta'minlash uchun ma’sul bo'lish.