Jahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risida
23/07/2015 - 19:46 21951
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil sentabr oyidan boshlab Jahon bankining teng huquqli a'zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jahon banki bilan o‘zaro hamkorligi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikda O‘zbekiston Respublikasining a'zoligi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jahon bankiga a'zo mamlakatlarning Shveysariya guruhiga kiradi.
1992 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Jahon bankning vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshlagan.
2014 yilning dekabr oyidan boshlab vakolatxona rahbarligini janob Djungxun Cho boshqarmoqda. Ma'lumki, bundan oldingi to‘rt yil davomida vakolatxona rahbari bo‘lib janob Takuya Kamata ishlagan edi.
Jahon banki bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalar yo‘nalishi, asosan energetika tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini qayta qurish va rekonstruksiya qilish, kommunal xo‘jaligi infratuzilmalarini takomillashtirish, tibbiyot sohasini rivojlantirish hamda tibbiyot muassassalarini jihozlashga qaratilganligi bilan izohlanadi.