Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon'yukturasini o'rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o'tkazish respublika Markazi tomonidan investitsiya dasturi loyihalarini ko'rib chiqish tartibi
23/12/2014 - 17:42 7459
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli "Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining quyidagilar bo‘yicha xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ko`rib chiqiladi:
DTIA bo‘yicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro‘yobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon'yunkturasini ta'minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan xulosa;
DTIH bo‘yicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va «boshqa tarmoqlar»ni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan xulosa.
Ko'rib chiqilgan investitsiya dasturi loyihalari.