Proektor va noutbuk sotib olish
18/11/2014 - 21:09 12650
Taqdimotlar o`tkazish uchun mo`ljallangan proektor, noutbuk hamda ekran sotib olish maqsadida O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida tegishli e'lon berilgan.
Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 16-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.
Savdoda qatnashishni xohlovchi korxona va firmalar uchun:
Elektron savdolar tizimidagi tegishli lot raqami - 3276086
Elektron savdoning tugash muddati - 29.11.2014y.
Mazkur lot bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun (+99871) 232-63-00 (Qarshiev D..) hamda (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Savdo natijalari
O`tkazilgan birja savdolari natijasida mazkur lot bo`yicha - "MA RIFAT PRINT" g`olib deb topildi. Iqtisodiyot vazirligi va "MA RIFAT PRINT" o'rtasida belgilangan tartibda shartnoma (pdf, 238,1Kb) imzolandi. Shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berildi.