Kompyuter texnikalari sotib olish
18/11/2014 - 18:56 12712
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy bo`linmalarida zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsadida O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida kompyuter texnikalari sotib olish to`g`risida e'lon berilgan.
Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 16-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.
Savdoda qatnashishni xohlovchi korxona va firmalar uchun:
Elektron savdolar tizimidagi tegishli lot raqami - 3276012
Elektron savdoning tugash muddati - 29.11.2014y.
Mazkur lot bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun (+99871) 232-63-00 (Qarshiev D.) hamda (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Savdo natijalari
O'tkazilgan savdo natijalariga ko'ra mazkur lot bo`yicha - "STAND KOMPUTERS" MCHJ g`olib deb topildi.
"STAND KOMPUTERS" MCHJ bilan Iqtisodiyot vazirligi o'rtasida o'rnatilgan tartibda shartnoma imzolandi.
Shartnomaga muvofiq "STAND KOMPUTERS" MCHJ tomonidan kompyuter texnikalari yetkazib berildi.