Qashqadaryo viloyatida 2022-yil yanvar-avgust oylarida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
28/09/2022 - 14:45 2294
1. Ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish:
Viloyatda o‘tgan 8 oy davomida hokim yordamchilari tomonidan 151,1 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Jumladan,
- 59 023 nafari yuridik subyektlaridagi bo‘sh ish o‘rniga;
- 56 709 nafari o‘zini-o‘zi band qilishga;
- 5 234 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka;
- 11 186 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga;
- 18 985 nafari yer ajratish orqali;
- 2 007 nafari xorijiy davlatlarga shartnoma asosida ishga yuborish orqali.
2. Kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish:
Joriy yilning 1-sentabr holatida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirgan 41 498 nafar fuqaroning ro‘yxati “Mahalla-onlayn” platformasida shakllantirildi.
3. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash:
Jami 814 ta mahallaning 376 tasi chorvachilik,
195 tasi dehqonchilik,
53 tasi bog‘dorchilik,
72 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish,
14 tasi issiqxona,
8 tasi parrandachilik yo‘nalishi
qolgan 98 ta mahallalar boshqa sohalarga ixtisoslashtirildi.
“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahalladagi 100 143 ta xonadon, 526 362 nafar aholini qamrab olgan 117 ta kooperatsiya tashkil etildi.
Ixtisoslashuvlar asosida ishga tushirilgan kooperatsiyalar, viloyat sektorlari kesimida ham tahlil qilindi. Unga ko‘ra:
I sektorda – 47 ta mahalla;
II sektorda – 26 ta mahalla;
III sektorda – 19 ta mahalla;
IV sektorda – 25 ta mahalla qamrab olindi.
4. Kredit va subsidiyalar ajratish:
Viloyat bo‘yicha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 19 417 ta yuridik va jismoniy shaxslarga 473,0 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
O‘tgan davrda kredit mablag‘lari hisobiga
411 ta oilaga qoramol;
4 834 ta oilaga mayda mol;
694 ta oilaga parranda;
494 ta oilaga asalari qutisi;
22 ta oilaga quyon sotib olish uchun;
143 ta oilaga baliqchilik uchun;
532 ta oilaga bog‘dorchilik;
1 869 ta oilaga issiqxona uchun mablag‘lar ajratildi.
6. Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalar:
Viloyatda 8 oyda hokim yordamchilari tomonidan investitsiya dasturlariga kiritilmagan, qiymati 1 364,9 mlrd so‘mlik, 7 175 ta ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida 24 837 nafardan ortiq doimiy daromadli yangi ish joylari tashkil etildi.
Shundan, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qiymati 870,5 mlrd so‘mlik 4 971 ta loyihada 12 604 nafar ish o‘rni yaratildi.
7. Ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan yer maydonlari:
Viloyatda paxta va g‘alladan bo‘shagan 11 499 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni 23 996 ta lot (loyiha) auksionga chiqarilib, 19 090 ta lot (80%) bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlanib, ularga 8 706 gektar yer maydoni ajratildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati