Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha joriy yil yanvar-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
23/09/2022 - 14:38 1872
Aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 1,9 mln. nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.
Xususan, 560 ming nafari doimiy ish joylariga joylashtirildi,
778 ming nafari o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi,
66 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka va 137 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 341 ming nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratildi.
Hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 267 mingta loyihaga jami 6,4 trln. so‘m imtiyozli kredit va 35 mingdan ortiq ishsizlarga 112 mlrd. so‘m subsidiyalar ajratildi, 218 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 34 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalardan 19 mingtasi ishga tushirilib, 78 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 61 mingta yuridik va 62 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hokim yordamchilarining yillik “Yo‘l xaritalari”ga asosan aholi yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha:
14,6 ming km ta’mirtalab ichki yo‘llar shag‘allashtirildi,
7,1 ming km yo‘llar asfaltlashtirildi, mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasida bir ming km piyodalar yo‘lakchalari barpo etildi;
yaroqsiz holga kelgan 5,3 ming dona transformator, 141,6 ming dona sim yog‘ochlar va 122,6 ming dona tungi chiroqlar almashtirildi;
32,8 ming km ariqlarni tozalash va 6,5 mingta vertikal sug‘orish quduqlarini qurish orqali 225 mingdan ortiq xonadonlar tomorqasi suv bilan ta’minlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati