Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan navbatdagi press-tur tadbirlari Toshkent shahrida tashkil etildi
01/08/2022 - 12:14 3300
Joriy yilning 28–29-iyul kunlari davomida Toshkent shahrida “mahallabay” ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, o‘tgan 6 oy davomida erishilgan natijalar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida ikki kunlik press-tur tadbirlari tashkil etildi.
Press-turning 1-kunida ishtirokchilar Uchtepa, Chilonzor hamda Mirobod tumanlarida hokim yordamchilarining tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari, aholini ish bilan band qilish va doimiy daromadga ega bo‘lishdagi yordami bilan tanishdilar.

Dastlab, tadbir ishtirokchilari Uchtepa tumani “Katta Qa’ni” MFY hokim yordamchisi tomonidan tashkil etilgan “SUPER STARS KIDS” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish faoliyati bilan tanishish bo‘ldi. Ushbu muassasaning faoliyat yo‘nalishi Xizmat ko‘rsatish bo‘lib, binoning maydoni 380 kv.mni tashkil qiladi. Ishchi xodimlar soni 10 nafar. Hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berildi, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi va mahalladagi ishsiz 8 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.



Press-tur qatnashchilarining keyingi manzili ushbu tumanda joylashgan “Hamdo‘st” mahallasi bo‘lib, ishtirokchilar “Inter trans servis” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar. Xizmat ko‘rsatish turi avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘lib, loyiha umumiy qiymati 5,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ishchi xodimlari soni 20 nafarni tashkil qiladi. Hokim yordamchisi tashabbusi bilan tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha tavsiya berilgan, hamda chiroq, gaz, suv, kanalizatsiya tarmoqlarini ishga tushirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ushbu mahalladagi 4 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.




Shuningdek, Chilonzor tumanidagi “Katta Do‘mbirobod” mahallasida joylashgan “G‘AYRAN HOJI OTA” mehmonxonasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu mahalladagi hokim yordamchisi tashabbusi bilan imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berildi, hamda 6 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilishi ta’minlandi. Umumiy ishchi o‘rinlar soni 10 tani tashkil qiladi.





Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari vakillari Chilonzor tumanidagi “Beshyog‘och” MFYdagi “Hunarmandlar uyushmasi” ish faoliyati bilan tanishib, hunarmandlar uyushmasiga a’zolik badali uchun sertifikatlarni topshirish tadbirida ishtirok etdilar.




Ishtirokchilarning keyingi manzili Mirobod tumani “Sharof Rashidov” MFYda tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishish bo‘ldi. Xususan, nodavlat ta’lim muassasasi “Kids University” MCHJ tomonidan 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ushbu ish o‘rinlariga Sharof Rashidov mahallasidagi ishsizlar ishga qabul qilingan. Mazkur nodavlat ta’lim muassasasida maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchi bolalarga xizmat ko‘rsatib, ularga o‘qitish, yozish to‘garaklari tashkil etilgan.
Nodavlat ta’lim muassasasi 30 nafar bolalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 25 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Hokim yordamchisi uyma-uy xatlovdan o‘tkazish jarayonida fuqaro Muydinov Saidmurod maktabgacha ta’lim muassasasi ochish bo‘yicha hokim yordamchisiga murojaat qilgan va murojaatiga asosan dastlabki o‘rganish o‘tkazilib bog‘cha ochilishi bo‘yicha tegishli huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilishiga ko‘maklashildi. Hozirgi kunda nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan jihozlar to‘liq olib kelinib, loyiha ishga tushgan.
Tadbirning 2-kuni Yashnobod va Yakkasaroy tumanlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.



Birinchi manzil, Yashnobod tumani “Ahmad Yassaviy” MFYdagi hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlari bo‘ldi. Ushbu mahalladagi “FAYOZ AVTO BURGER’S” MCHJ tomonidan tashkil qilingan umumiy ovqatlanish joyi uchun hokim yordamchisi tomonidan 120 mln so‘m kredit mablag‘lari olib berilgan hamda tadbirkorlik qilish uchun joyni ijaraga olishda ko‘maklashilgan. Loyiha 2022-yil 4-mayda hokim yordamchisining tashabbusi bilan ishga tushgan va 10 ta yangi ishchi o‘rin yaratilgan.


Shuningdek, “TEXTILE AURUM” MCHJ loyihasi 2022-yil 20-aprelda ishga tushgan bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan yer to‘la ijaraga olishda va bankdan 14 foizli imtiyozli kredit olishga ko‘maklashilgan. Shu bilan birga, kreditga tikuv mashinalari olinganligi hisobiga, hozirgi kunda 30 ta ayollarni ish bilan ta’minlangan.




Mazkur mahalladagi “STUDY IN BASEMENT” MCHJ o‘quv markazi bilan ham yaqindan tanishildi. Loyiha 2022-yil 4-mayda ishga tushgan bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan yer to‘la ijaraga olishda va bankdan 14 foizli imtiyozli kredit olishda yordam berilgan. Shuningdek, 10 ta yangi ishchi o‘rin yaratilgan.



Ushbu mahallaning so‘nggi manzili “MEDIC SERVICE XOVOS” MCHJ xususiy klinikasi ish faoliyati bilan tanishishdan iborat bo‘ldi. Mazkur klinika 2022-yil 1-mayda ishga tushgan bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan bankdan asbob-uskuna uchun imtiyozli kredit olingan va hozirgi kunda 18 ta ishchi o‘rin yaratilgan.


Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi “Muhandislar” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” hududida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.


Xususan, “BABY TOYS GARDEN” MCHJ (yosh bolalar uchun mashina, qo‘g‘irchoq, lego kabi o‘yinchoqlar ishlab chiqarish), “BELTEKS TASHKENT” MCHJ (tikuv mashinasida yoki qo‘lda to‘qilgan boshqa trikotaj polotnolar ishlab chiqarish), hamda “O‘ZIMIZNIKI” MCHJ (ayollar va qizlar uchun kiyimlar ishlab chiqarish) kabi tashkil etilgan korxonalar bilan tanishildi. Ushbu loyihalarda hokim yordamchisining o‘rni: bo‘sh turgan ish o‘rinlariga mahalladagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va vakant ish o‘rinlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lmoqda.





Ushbu loyihalarda hokim yordamchisining o‘rni: bo‘sh turgan ish o‘rinlariga mahalladagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va vakant ish o‘rinlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lmoqda.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati