IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TIZIMINING HOLATI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI SHAKLLANTIRISH VA TAQDIM ETISH BOʻYICHA NIZOM
13/07/2022 - 18:35 1136
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligining
2022-yil “ 13 ” 07 dagi
14 -son buyrugʻiga
9-ilova
IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGIDA KORRUPSIYAGA
QARSHI KURASH TIZIMINING HOLATI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI
SHAKLLANTIRISH VA TAQDIM ETISH BOʻYICHA
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat yuritishi va korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishi toʻgʻrisidagi hisobdorlikni shakllantirish tartibini belgilaydi.
- Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat yuritishi va rivojlanishi masalalari boʻyicha hisobotlarni (keyingi oʻrinlarda – Hisobotlar) shakllantirish va taqdim etish uchun ma'suliyat Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat boʻlimi yoki mas’ul xodimlari zimmasida (keyingi oʻrinlarda – Ichki nazorat boʻlimi) boʻladi.
Vazirlikning hududiy bosh boshqarmalari hisobotini taqdim qilish uchun ma’suliyat hududiy bosh boshqarmalardagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul xodim (keyingi oʻrinlarda – Mas’ul xodim) zimmasida boʻladi.
2-bob. Hisobot turlari va uni tuzish davriyligi
- Vazirlikda quyidagi hisobot turlari nazarda tutiladi:
- a) Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi, shu jumladan, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi Dasturi yoki yoʻl xaritasi tadbirlarini amalga oshirilishini boʻyicha hisobot har chorakda Ichki nazorat boʻlimi tomonidan mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda tuziladi;
- b) Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Ichki nazorat boʻlimi tomonidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda tuziladi;
- Hisobot muntazam ravishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda, Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holatidan, shuningdek, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilgan yoki yoʻqligidan qat'iy nazar, tuziladi.
- Yilning IV choragi uchun hisobot tuzilmaydi, uning oʻrniga yillik hisobot tayyorlanadi.
- Har choraklik va har yillik hisobot Vazirlik rahbarlariga (Vazirlik hay’atiga) topshiriladi.
Vazirlikning markaziy apparatidagi Ichki nazorat boʻlimi har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasidan kechiktirmay har choraklik Vazirlikning umumiy hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) koʻrib chiqishi uchun kiritib boradi.
- Vazirlikning yillik hisobotidagi umumiy axborot Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot Vazirlikning Ichki nazorat boʻlimi tomonidan tayyorlanadi.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida hisobotni shakllantirish tartibi
- Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi hisobot korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish, shuningdek, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi Dastur yoki Yoʻl xaritasi tadbirlarini amalga oshirilishini monitoring qilish maqsadida tuziladi.
- Hisobot har chorakda Ichki nazorat boʻlimi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay tuziladi va Vazirlik rahbariga (Vazirlik hay'atiga) koʻrib chiqish uchun topshiriladi.
- 10. Hisobotni shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- a) hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay, Vazirlikning Markaziy appartidagi Ichki nazorat boʻlimi Mas’ul xodimlarga ushbu oyning 10-sanasigacha tegishli rahbarlar tomonidan tasdiqlangan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hisobot taqdim etishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;
- b) Vazirlikning Markaziy apparati boʻlinmalarining hisoboti Vazirlikning Markaziy apparatidagi Ichki nazorat boʻlimi tomonidan tuziladi va Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish yunalishiga mas’ul boʻlgan Vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotning biron-bir boʻlimi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmagan taqdirda, tadbirlar amalga oshirilmaganligi sababini koʻrsatish lozim.
- v) hisobotlarga kiritilgan axborot tegishli hujjatlar nusxalari va boshqa ma'lumotlarga asoslangan boʻlishi kerak;
- g) Vazirlikning markaziy apparatidagi Ichki nazorat boʻlimi ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklda Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tizimning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi umumiy hisobotni tuzadi hamda qoʻshimcha ravishda unga ushbu Nizomga 1-ilovadagi shakl boʻyicha Vazirlik tizimi boʻyicha tuzilgan hisobotdagi ma’lumotlarni kiritadi.
Hisobotda asosiy axborotni oʻzida aks ettirgan qisqacha ma'lumotnoma va takliflar boʻlishi kerak. Yillik hisobot oʻz ichiga oʻtgan yilning xuddi shunday koʻrsatkichlariga ega boʻlgan solishtirma tahlilni ham qamrab olishi kerak.
- Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi hisobotlar va Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi umumiy hisobotni tuzishda Ichki nazorat boʻlimi teshishli boʻlinma xodimlaridan zarur hujjatlar, tushuntirish va statistikani soʻrash va olish huquqiga ega.
- Ichki nazorat boʻlimi qisqa ma’lumotnoma biriktirilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi umumiy hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 21-sanasigacha Vazirning birinchi oʻrinbosariga taqdim etadi.
4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashga oid davlat dasturlarida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish tartibi
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobot Ichki nazorat boʻlimi tomonidan Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi umumiy hisobot bilan bir vaqtda tuziladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilgani toʻgʻrisidagi hisobot rahbar tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin Agentlikka yuboriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning ichki idoraviy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshichalar kiritilgan taqdirda ushbu Nizom qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga Vazirlikning markaziy apparat-dagi Ichki nazorat boʻlimi mas’ul boʻladi.