IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGIGA ISHGA QABUL QILINAYOTGAN NOMZODLARNI TEKSHIRISH BOʻYICHA YO‘RIQNOMA

13/07/2022 - 18:23 1109

                                                                          Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni

                                                                             qisqartirish vazirligining

                                                                           2022-yil “  13          07         dagi

                                                                             14    -son buyrugʻiga

                                                                       7-ilova

 

 

IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGIGA ISHGA QABUL QILINAYOTGAN NOMZODLARNI TEKSHIRISH BOʻYICHA YO‘RIQNOMA

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma (keyingi oʻrinlarda – Yoʻriqnoma) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvini oʻtkazishning tamoyillari, talablari, tartibi va muddatlarini belgilovchi ichki hujjat hisoblanadi.
  2. Ushbu Yoʻriqnomaning maqsadlari quyidagilardir:

nomzod tomonidan taqdim etilgan oʻzi, uning professional faoliyati, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarindoshlik va tijorat aloqalari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Vazirlikning ichki hujjatlari talablariga muvofiq halol, sifatli, puxta, xolis amalga oshirishga qodir jismoniy shaxslar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga erishilishini ta’minlash;

Vazirlikda lavozim majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bilim va tajribaga ega boʻlmagan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shuningdek ularni ishga olish Vazirlik uchun obroʻ, korrupsiyaga oid yoki boshqa xatarlarga olib keluvchi nomzodlar bilan mehnat munosabatlariga kirishish xatarini minimallashtirish;

rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarga bilimli, halol, vijdonli, qonunga itoatkor xodimlarni tanlab olish.

  1. Ushbu yoʻriqnoma ishga qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan alohida tartib belgilangan lavozimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2-bob. Asosiy tushunchalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yoʻlida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor boʻlishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qogʻoz, boshqa koʻrinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda oʻz xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

manfaatlar toʻqnashuvi – Vazirlik xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir koʻrsatayotgan yoxud ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat;

nomzod – Vazirlikning boʻsh ish oʻrni talablariga javob beruvchi, vakant ish joyiga tanlab olingan jismoniy shaxs.

noqonuniy foyda – va’da qilinadigan, taklif etiladigan, taqdim etiladigan yoki qonuniy asossiz olinadigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk, yoki mulkiy huquqlar, afzalliklar, imtiyozlar, xizmatlar, nomoddiy aktivlar, boshqa har qanday moddiy yoki nomoddiy foyda;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar koʻrinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);

yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, ya'ni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari.

3-bob. Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirishga qoʻyilgan umumiy talablar va ularning muddatlari

  1. Xodimlar bilan ishlash boʻlimi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limlari nomzodlarni tekshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
  2. Tekshiruv barcha doimiy va muddatli lavozimlarga nomzodlar, shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha qabul qilingan nomzodlarga nisbatan amalga oshiriladi.
  3. Agar xodimlarni tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - DXRA) tomonidan amalga oshirilsa, nomzodlarni tekshirish nomzod qabul komissiyasi bayonnomasi bilan tasdiqlangandan soʻng, biroq mehnat shartnomasi tuzilmasidan oldin amalga oshiriladi.
  4. Agar nomzodlarni tanlab olish DXRA ishtirokisiz amalga oshirilsa, u holda ishga qabul qilinayotgan nomzod professional tanlov va (yoki) testdan muvaffaqiyatli oʻtgach, biroq mehnat shartnomasi tuzilmasdan avval tekshiriladi.
  5. Nomzodni tekshirish 5 (besh) ish kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
  6. Nomzodni belgilangan muddatlarda tekshirish xolis sabablarga koʻra imkonsiz boʻlsa, uning davomiyligi 5 (besh) ish kunigacha boʻlgan muddatga choʻzilishi mumkin.

4-bob. Tekshirish uchun hujjatlar va ma'lumotlarni olish

  1. Nomzodni tekshirishni amalga oshiradigan Xodimlar bilan ishlash boʻlimi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimlariga (keyingi oʻrinlarda – Ijrochi) tekshiruvni oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasiga muvofiq ishga qabul qilinayotganda talab etiladigan hujjatlar nusxalari;

nomzod tomonidan Vazirlikdagi manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha ichki idoraviy hujjatga muvofiq shaklda toʻldirilgan va imzolangan deklaratsiya nusxasi.

  1. Ma’lumotnoma olinayotganda toʻldirilmagan bandlar mavjud boʻlsa, Ijrochi nomzoddan etmayotgan ma’lumotlarni soʻrab olishi mumkin.
  2. Ijrochi nomzoddan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha tushuntirish va qoʻshimchalarni soʻrab olishga haqli.
  3. Nomzod soʻralayotgan hujjatlar yoki ma’lumotlarni taqdim etishni rad etgan taqdirda nomzodni tekshirish ochiq foydalanuvdagi va Ijrochi tasarrufidagi ma'lumotlar asosida, shuningdek rasmiy soʻrov yuborish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda Ijrochi tekshiruv natijalariga oid xulosada tegishli qaydni amalga oshiradi.
  4. Nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi uning ishga joylashishini rad etish uchun sabab boʻlmaydi.

5-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish uchun axborot manbalari

  1. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish doirasida nomzoddan olingan ma'lumotlar, shuningdek ochiq manbalardan yoki rasmiy soʻrovlar yuborish orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va ishlash amalga oshiriladi.
  2. Ma’lumotlarni yigʻish ishga joylashayotgan nomzod haqidagi umumiy va xolis fikrni shakllantirish, nomzoddan olingan, jumladan ma’lumotnomada qayd etilgan, nomzodning https://vacancy.argos.ru saytidagi shaxsiy profilidagi hujjatlar va ma’lumotlar ishonchliligini baholash, shuningdek oʻzi haqidagi ma'lumotlarni yashirish yoki soxtalashtirish alomatlari yoʻqligini tahlil qilish uchun barcha ochiq axborot manbalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
  3. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish uchun axborot manbalari qonuniylik va xolislik talablariga javob berishi lozim. Ijrochi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga, nomzodning avvalgi ish joylari, oʻquv muassasalari va h.k larga taqdim etilgan ma'lumotlarni tekshirish uchun rasmiy soʻrov yuborish mumkin.
  4. Ijrochi huquqni muhofaza qilish organlariga soʻrov yuborish orqali nomzodning sudlanganligi, firibgarlik, korrupsiya va zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlarga aloqadorligini tekshirishi mumkin.
  5. Nomzod haqidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun quyidagi ochiq axborot manbalaridan foydalanish mumkin:

Davlat xizmatlari agentligining yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar ma’lumotlarini tekshirish boʻyicha platformasi - https://fo.birdarcha.uz/s/ru_landing

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri (KTYADR) - https://stat.uz/ru/uslugi-1/svedeniya-iz-egrpo

Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portal - https://my.soliq.uz/main/?lang=ru

Oʻzbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlari portali - https://data.gov.uz/ru

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi - http:// kadastr.uz/ru/

Ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlarning ma’lumotlar bazasi - https://mib.uz

Axborot qidiruv tizimlari (masalan, Google, Yandeks va h.k.) va h.k.

Ushbu roʻyxat zarur boʻlganda oʻzgartirilishi va kengaytirilishi mumkin boʻlgan manbalarning taxminiy roʻyxatini ifodalaydi.

6-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshiruvini oʻtkazish yoʻnalishlari

  1. Nomzodlarni tekshirish quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

nomzodda tugatilmagan sudlanganlik holati va (yoki) iqtisodiy, jumladan korrupsiyaviy xarakterdagi qonunbuzarliklar munosabati bilan uni ma’muriy, jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka tortish faktlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yoʻqligi;

sud organlari tomonidan qoʻyilgan rahbarlik lavozimlarini egallashga taqiq yoʻqligi – rahbarlik lavozimiga nomzod uchun;

nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida ularning korrupsiyaviy, firibgarlik yoki boshqa qonunga xilof faoliyatiga doir ma’lumotlar yoʻqligi;

avvalgi ish joylaridan salbiy tavsiyanomalar yoʻqligi;

nomzodda manfaatlar toʻqnashuvi alomatlari yoʻqligi;

nomzodga nisbatan boshqa xatar indikatorlari yoʻqligi (jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan hayot tarzi rasmiy ish haqiga mos kelmaydi va boshqalar).

  1. Qayd etilgan yoʻnalishlar boʻyicha tekshiruv oʻtkazish majburiy. Bunda tekshiruv yoʻnalishlari roʻyxati zaruratga qarab har bir aniq holatda kengaytirilishi mumkin.

7-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish natijalari

  1. 2 Nomzodni tekshiruvini oʻtkazish natijalari boʻyicha Ijrochi tomonidan Nomzod tekshirilgani toʻgʻrisidagi hisobot tuzilib (ushbu Yoʻriqnomani 1-ilova shakli boʻyicha), mazkur hisobot Xodimlar bilan ishlash boʻlimida saqlanadi. Oʻtkazilgan tekshiruv va uning natijalariga oid ma’lumotlar Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish reestri (ushbu Yoʻriqnomaga 2-ilova)ga kiritiladi.
  2. Vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boʻlimi vazirlikdagi nomzodlarni tekshirish reestriga qiritiladigan ma’lumotlarni yigʻish va ushbu Reestrni aktual holda saqlash uchun javobgar hisoblanadi.
  3. Tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi hisobotning 3-boʻlimidagi 3.1, 3.2, 3.3 yoki 3.4 bandlari savollariga bitta va undan koʻp xavf indikatorlari mavjud boʻlgan taqdirda (“Ha” javoblari) ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish natijalari boʻyicha salbiy xulosa kiritiladi.

3.5 yoki 3.6-bandlaridagi savollardan biriga bittasiga boʻlsa ham bir va undan ortiq xavf indikatorlari (“Ha” javoblari) mavjud boʻlgan taqdirda, tekshiruv oʻtkazayotgan shaxs vaziyatni korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjudligi yoki mavjud emasligi boʻyicha baholaydi.

  1. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjud boʻlgan taqdirda tekshiruv oʻtkazayotgan shaxs ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif qiladi yoki bunday xatarlar darajasini pasaytirish imkoni boʻlmagan taqdirda nomzodni tekshirish natijalari boʻyicha salbiy xulosa beradi.
  2. Salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish Vazirlik rahbariyati qaroriga koʻra nomzod ishga olinayotgan boʻlinma rahbariyati tomonidan mazkur yoʻnalishni nazorat qiluvchi Vazir oʻrinbosari va Xodimlar bilan ishlash boʻlimi rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan xizmat ma'lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Xizmat ma’lumotnomasiga Tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi hisobot nusxasi ilova qilinadi.
  3. Tekshiruv natijalari boʻyicha korrupsiyaviy xatarlar aniqlangan va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar taklif etilgan nomzod ishga olingan taqdirda xodimning rahbari tavsiya etilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini nazorat qilish uchun javobgar hisoblanadi.

8-bob. Tekshiruvni hujjatlashtirish va hujjatlarni saqlash muddatlari

  1. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish natijalari (jumladan, Tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi hisobot va boshqa hamroh hujjatlar) maxfiy hisoblanadi va ishga joylashayotgan nomzodni tanlab olish va tekshirish jarayonida ishtirok etmayotgan Vazirlik xodimlari va boshqa uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
  2. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish reestri (ushbu Yoʻriqnomaga 1-ilova)dan faqatgina Ijrochilar foydalanishi mumkin.
  3. Lavozim majburiyatlarini amalga oshirish uchun bunday ma’lumotlardan foydalanishi zarur boʻlgan boshqa xodimlar korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini nazorat qiluvchi rahbar oʻrinbosarining yozma roziligini olishi lozim.
  4. Nomzod ishga joylashtirilgan taqdirda Tekshiruv oʻtkazilgani haqidagi hisobotning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xodimning shaxsiy yigʻma jildida saqlanishi shart.
  5. Tekshiruv oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hisobot nusxasi, shuningdek hisobotdagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar (masalan, skrinshotlar, koʻchirma, vakolatli muassasalarga yuborilgan soʻrovlar va ularga olingan javoblar va h.k) Xodimlar bilan ishlash boʻlimi tomonidan kamida 10 (oʻn) yil davomida saqlanishi shart.
  6. Vazirlikka ishga joylasha ololmagan nomzodlarni tekshirish natijalari uch yil davomida saqlanadi.
  7. Agar nomzod Vazirlikda ishlashga soʻnggi tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng 2 yil davomida da’vogar boʻlsa, qayta tekshiruv talab etilmaydi (manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha tekshiruv bundan mustasno). Agar soʻnggi tekshiruv oʻtkazilganiga ikki yildan ortiq vaqt boʻlgan boʻlsa, nomzod qayta tekshirilishi lozim.

9-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi oʻzgargan taqdirda yoki nomzodlarni tekshirish jarayonini takomillashtirish zarurati tugʻilganda qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi lozim.
  2. Ushbu Yoʻriqnoma qoidalarini buzishda aybdor xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlik ichki hujjatlarida koʻzda tutilgan tartib va asosda intizomiy va boshqa javobgarlikka tortilishi mumkin.