“Berlin Economics” kompaniyasi vakillarining avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan zavodlarga tashrifi

15/06/2022 - 11:21 3220

Joriy yilning 14-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasining “Berlin Economics” kompaniyasi vakili Voldemar Valter va kompaniyaning O‘zbekistondagi vakili Baxtiyor Eshchanov hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakili Bobur Sodikov Toshkent shahri va viloyatidagi avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan  “UzAuto Motors Powertrain” АJ korxonasi, “Cooperation LAB” koʼrgazmasi, “TECHNOLOGIES OF REAL TIME” MChJ qo‘shma korxonasi hamda Turin Politexnika universitetida bo‘ldi.

Kompaniyaning tashrifidan asosiy maqsadi, mashinasozlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va mashinasozlik klasterini rivojlantirish konsepsiyasini birgalikda ishlab chiqish va uni tegishli yo‘l xaritasi bilan to‘ldirishdan iborat.

 Dastlab uchrashuvlarda korxona vakillari mehmonlarni korxonani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va xorijdan o‘rganilayotgan tajribalar bilan tanishtirdilar va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar va muammolar haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, Turin politexnika universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetdagi robototexnika zallari, talabalar tomonidan yaratilgan texnologiyalar bilan tanishtirildi hamda universitetning xorijiy hamkorlari haqida so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida korxona vakillarining fikrlari va takliflari tinglandi va bu bo‘yicha “Berlin Economics” kompaniyasi qisqa muddatda o‘z takliflari hamda muammolarga yechimlar bilan o‘rtoqlashishga kelishib olindi.

 
 
 
 
 
 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 Axborot xizmati