“O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro Forumi”ning 2-kuni boshlandi.
27/05/2022 - 10:56 2250
“O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro Forumi”ning 2-kuni boshlandi.
Ayni damda “Qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror ish o‘rinlarini ta’minlash” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Moderator: Ilhom Norqulov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
Sessiya spikerlari:
Martin Nyukup, Jahon Bankining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat global amaliyoti bo‘yicha global direktori
Frauke Yunblut, Jahon bankining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bo‘yicha amaliyot menejeri
Keigo Obara, BMT oziq-ovqat va qishloq-xo‘jaligi tashkiloti vakillari (onlayn)
Beate Shorayt, GIZ Hududiy loyiha menejeri
Erik Livni, YeTTBning Markaziy Osiyoda yetakchi hududiy mutaxassisi
Stefan Fon Kramon-Taubadel, Gyottingen universiteti Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va qishloq taraqqiyoti kafedrasi dekani (onlayn)
Ushbu tadbirni YouTube platformasida quyidagi havola orqali jonli (https://www.youtube.com/watch?v=xlMRc5J0MLg) tarzda kuzatishingiz mumkin.