Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan birinchi chorak uchun daydjest

08/04/2022 - 12:52 2791

424 ta mahallalarga hokim yordamchilari tayinlandi.

Hozirgi holatda 368 mingta xonadonlarning 366,1 mingtasi (99,5 foizi) xatlovdan o‘tkazildi.

Shundan,

- 124 ming 450 tasi (34%) to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar);

- 28 ming 652 tasi (7,8%) uchinchi toifaga (nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar);

- 150 ming 327 tasi (41,1%) ikkinchi toifaga (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar);

- 62 ming 647 tasi (17,1%) birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar) kiritildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra:

Xonadonlarda 81 ming 295 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi.

Shundan,

  • 27 ming 633 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi;
  • 5 ming 38 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
  • 8 ming 23 nafarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolar tomonidan 11 ming 498 ta muammo va takliflar bildirildi.

Jumladan:

  • 688 tasi yer;
  • 521 tasi bino va inshootlar;
  • 1 ming 398 tasi yo‘l va kommunikatsiya; 
  • 367 tasi xomashyo yetishmasligi;
  • 3 ming 357 tasi tabiiy gaz;
  • 239 tasi elektr energiya;
  • 315 tasi ichimlik suvi va oqova suv;
  • 405 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 11 ming 411 ta subyektlarning 419,5 mlrd so‘m kreditga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

  • Tomorqa egalarining 2 ming 654 tasi kooperatsiya asosida ishlash;
  • 4 ming 24 ta fuqaro subsidiya asosida issiqxona tashkil etish;
  • 2 ming 511 tasi boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish;
  • 1 ming 766 ta xonadon vakillari 622,3 gektar yer maydoni olish istagi borligini bildirdi.

  Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

  • 13 ming 815 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
  • 1 ming 516 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda;
  • Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 3 ming 728 nafar subyektlarga 96,3 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi;
  • 246 nafar fuqarolarga subsidiya asosida issiqxonalar qurish ishlari boshlandi;
  • 5 ming 166 gektar yer maydonlari e-ijara.uz sayti orqali auksionga qo‘yilib, shundan 1 ming 888 gektar yer maydoni ajratildi.

  Qoraqalpog‘iston Respublikasida qisqa vaqt ichida joriy etilgan tizim bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilib, ijobiy o‘zgarishlarga erishilmoqda. Jumladan, mahallalardagi ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda.

Xususan,

- Nukus shahri “Shimbay Guzari” mahallasidagi 300 nafar ishsiz fuqarolar hududdagi “BERNINA NUKUS” sho‘ba korxonasiga biriktirildi. Bunda har bir fartuk uchun 1000 so‘mdan haq to‘lanadi.

Masalan, bir oy uchun 1 ta ishchi 1,3-1,5 mln so‘mdan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Subsidiya asosida o‘zini o‘zi band qilish maqsadida 8 ta oilaga 49,5 mln so‘mlik issiqxona qurib berildi.

Hokim yordamchisi va sektor tashabbusi bilan uy sharoitida parranda boqish istagini bildirgan 5 nafar ishsiz fuqarolarga inkubator yetkazib berish hisobiga bandligi ta’minlandi.

Chimboy tumanidagi “SHIMBAY SHEBERLERI” ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tikuvchilik sexi tashkil etilib, kooperatsiya asosida mahalladagi 31 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan band etildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati