Joriy yilning 1–27-mart kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
31/03/2022 - 12:18 3342
Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 2 500 so‘mga, mandarin 1 500 so‘mga, mosh 1 250 so‘mga, kartoshka (import), lavlagi, turp 500 so‘mga hamda guruch (alanga) 250 so‘mga arzonlashgan.
Shu bilan birga, uzum 12 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 10 000 so‘mga, bodring (orzu) 8 000 so‘mga, anor 5 500 so‘mga, apelsin va bulg‘or qalampiri (yashil) 5 000 so‘mga, pomidor 4 000 so‘mga, no‘xat 3 000 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 500 so‘mga, qovun, guruch (lazer) hamda pomidor (pushti) 2 000 so‘mga, piyoz 1 700 so‘mga, nok va limon 1 000 so‘mga, karam 850 so‘mga hamda kartoshka (mahalliy) 100 so‘mga oshgan.
Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–27-mart kunlari umumiy qiymati 44,9 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 mln dollar kam) jami 78,2 ming tonna (8,5 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 27,6 ming tonna karam, 8,8 ming tonna loviya, 7,7 ming tonna mosh, 6,8 ming tonna sabzi, 5,7 ming tonna pomidor, 4,6 ming tonna mayiz, 2,7 ming tonna quritilgan meva, 1,8 ming tonnadan lavlagi va turp, 1,6 ming tonna gulkaram, 1,1 ming tonna uzum, 1,0 ming tonna anor hamda 372 tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 27,6 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 120,2 ming tonna (29,8 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 84,2 ming tonna kartoshka, 13,2 ming tonna banan, 10,9 ming tonna mandarin, 4,0 ming tonna olma, 840 tonna apelsin va 250 tonna kivi import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–27-mart kunlari hududlardan jami 22,7 ming tonna, xususan, 11,0 ming tonna kartoshka, 7,7 ming tonna piyoz, 1,2 ming tonna karam va 2,9 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 282 tonna kartoshka, 2 874 tonna piyoz, 1 187 tonna karam, 889 tonna sabzi, Samarqanddan 3 648 tonna, Jizzaxdan 740 tonna, Surxondaryodan 375 tonna (yangi hosil), Farg‘onadan 45 tonna piyoz, Surxondaryodan 538 tonna, Qashqadaryodan 515 tonna, Sirdaryodan 323 tonna, Jizzaxdan 188 tonna, Andijondan 182 tonna, Buxorodan 152 tonna va Xorazmdan 102 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 8 775 tonna, Erondan 592 tonna, Qozog‘istondan 506 tonna, Afg‘onistondan 505 tonna va Qirg‘izistondan 298 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–27-mart kunlari jami 410,5 tonna, shu jumladan 288,0 tonna mol go‘shti va 122,5 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati