Toshkent shahri misolida 14-mart holatiga hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest
24/03/2022 - 11:01 2774
Hokim yordamchilari fokus:
Toshkent shahrida 579 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagan.
Toshkent shahar Shtab faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, Soliq qo‘mitasidan 12 nafar xodimlar Shtabda, 18 nafari esa tamunda va mahallalarda ishlarni tashkil etmoqda.
Hokim yordamchilari foydalanadigan moliyaviy instrumentlar:
- Kreditlar
- Subsidiyalar
- Moddiy yordamlar tuman va mahallalar kesimida taqsimlab yetkazilgan
Toshkent shahri bo‘yicha resurslar jami 476 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirgi kunda 695 mingta xonadonlarning barchasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlovda mazkur xonadonlarning:
- 28 ming 918 tasi (4,1 %) daromadi kam, ishsiz oila a’zolari bo‘lgan;
- 309 ming 879 tasi (44,5 %) doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor;
- 27 ming 188 tasi (3,9 %) ijtimoiy himoyaga muhtoj;
- 329 ming 481 tasi (47,5 %) iqtisodiy ahvoli yaxshi xonadonlar toifasiga kiritildi.
Hozirgi kunda mahalladagi 600 dan ortiq tadbirkorlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
- 2 ming 576 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
- 981 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi;
- 10 ming 836 nafar fuqaroni o‘zini-o‘zi band qilindi;
- 531 nafar shaxslarga 19,1 mlrd so‘m kredit berildi;
- 93 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi.
4 ming 348 nafar fuqaro, shundan 791 tasi usta-shogird an’analari asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda.
1 ming 936 nafar ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
6 ming 019 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ko‘p qavatli binolarning bo‘sh turgan 321 ta yerto‘lasida tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati