Jizzax viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

17/03/2022 - 19:25 2711

Jizzax viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

Batafsil ma’lumotlar uchun: +998 91 195 70 75 (Jizzax viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi)

#hokimyordamchilari #Jizzaxviloyati #daydjest

Jizzax viloyatidagi 299 ta mahallaga hokim yordamchilari tayinlandi.

Bugungi kunda 236 ming 551 ta xonadonlar to‘liq (100 foizi) xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlovda mazkur xonadonlarning:

  • 51 ming 938 tasi (22,0 %) “namunali”; 
  • 161 ming 115 tasi (68,2 %) “o‘rta”; 
  • 22 ming 934 tasi (9,8 %) “ehtiyojmand” xonadon toifasiga kiritildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra:

 Xonadonlarda 94 ming 659 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi. 

 Bulardan:

·    41 ming 119 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi;

·    4 ming 398 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;

·    14 ming 875 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolar tomonidan 13 ming 308 ta muammo va takliflar bildirildi. 

 Jumladan: 

- 1 ming 5 tasi yer; 

- 562 tasi bino va inshootlar; 

- 8 ming 248 tasi kredit olish; 

- 2 ming 153 tasi yo‘l va kommunikatsiya; 

- 1 ming 340 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.

 Ushbu xonadonlarda 94 ming 659 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 19 ming 178 ta sub’ektlarning 564,1 mlrd so‘m kreditga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

  Tomorqa egalarining 2 ming 266 tasi kooperatsiya asosida ishlash;

530 tasi subsidiya asosida issiqxona tashkil etish; 

1 ming 211 tasi boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish; 

7 ming 774 ta xonadon vakillari 35,1 gektar yer maydoni olish istaklari borligini bildirdi.

   Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

  8 ming 902 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;

 790 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda;

kredit olishga ehtiyoji mavjud 1 ming 893 nafar fuqarolarga kredit mablag‘lari ajratish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda;

      201 nafar fuqarolarga subsidiya asosida issiqxonalar qurish ishlari boshlandi;

  Har bir mahalladan 1 nafar fuqaroga 1 donadan jami 300 ta inkubator uskunasi tarqatildi.

Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati