Sirdaryo viloyati misolida yanvar oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

09/03/2022 - 21:01 2872

 

Sirdaryo viloyatida 236 nafar hokim yordamchilari lavozimiga tayinlandi.

 Respublikla vazirlik va idoralaridan biriktirilgan

14 nafar vakillar o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Hokim yordamchilari tomonidan 61,6 mingta (37,3%) xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 4 ta toifaga ajratib olingan.

Jumladan:

birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 15,1 foiz (9,3 ming);

ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 53,9 foiz (33,2 ming);

uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 7,3 foiz (4,5 ming);

to‘rtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 23,8 foizni (14,6 ming) tashkil etmoqda.

Masalan, hokim yordamchilari tomonidan xonadonlar xatlovi Sardoba tumanida 53,7% ni, Sirdaryo tumanida 45% ni, Guliston shahrida 29% ni va Guliston tumanida 32% ni tashkil etadi.

Dastlabki xatlov natijalariga ko‘ra:

7,5 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;

1,2 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish;

8,6 ming nafari kredit olish;

617 nafar aholi kooperatsiya asosida ishlash istagini bildirgan.

Dastlabki natijalar:

119 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6,3 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.

1,2 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 2410 ta lotlar auksionga qo‘yildi.

1 ming 078 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat ta'lim muassasalarida o‘qitilmoqda.

Shuningdek, Boyovut tumanida 4535 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirganligini inobatga olib, tumanda fuqarolarni o‘qitish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

169 ta yuridik va 326 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

5 ming 962 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Shundan,

985 nafari doimiy ish joylariga ega bo‘ldi;

2 ming 202 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi;

2 ming 775 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

Kelgusi rejalar:

Xatlov natijasiga muvofiq, kredit, subsidiyalar olish istagidagi fuqarorlarga tavsiyalar berib boriladi.    

Subsidiya ajratish tartibi va mehnat resurslari balansi yuzasidan Bandlik boshqarmasi joylarda tushuntirish ishlari olib boradi. 

Xatlov natijalari “Onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi.

Auksion orqali ijaraga beriladigan yer maydonlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boriladi. (6 ming 663 gektar)

Mahalla va mahallaga yaqin hududdagi korxonalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan fuqarolar bandligi ta’minlanadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati