OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

31/01/2022 - 13:56 3812

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2022 yil  31-yanvardan 9-fevralgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

YER ISLOHOTLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

 

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish bo‘limi bosh mutaxassis vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

 

  1. Iqtisodiyot, kadastr, yuridik xizmat, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishlarida kamida 4 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
  2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish nuqtai nazaridan o‘rganishlar olib borish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  3. Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish hamda davlat boshqaruvi sohasida xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflarni ishlab chiqish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  4. Yer bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yondashuvlariga ega bo‘lish.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
  2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi.
  3. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib boradi va yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.
  4. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini o‘rganib Rahbariyatga maʼlumot tayyorlaydi.
  5. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.

 

 

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARI VA CHORA-TADBIRLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

 

 Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga

Lavozimga qo‘yilgan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot (iqtisodiy siyosat, strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy) yo‘nalishida magistr darajasiga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi);
  2. Iqtisodiyot sohasida, davlat xokimiyati boshqaruvi organlarida kamida 5 yil, shundan 3 yil rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  3. Iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish tajribasiga, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya, dastur va “yo‘l xarita”larining ijrosini tashkil qilish va tahlil qilib borish, hududiy iqtisodiy majmuani boshqarish va muvofiqlashtirish tajribasiga ega bo‘lish;
  4. Aholining kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, aholi farovonligini oshirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, tendensiyalarni aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, qisqa va o‘rta muddatli davrlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dasturlar ijrosini monitoring qilib borish, iqtisodiy taraqqiyot va aholining kambag‘allik darajasi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmlarni shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  5. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning ijrosi ustidan monitoring olib borish, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tahliliy ma'lumotlar tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  6. Kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosi bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish, yangi qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning kambag‘allikka ta’siri bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,5 ball) yoki ilg‘or horijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

              Vazifalar:

  1. Kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosi bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash, rahbariyatga hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar tayyorlash;
  2. Vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan vazirlikning barcha tuzilmaviy bo‘linmalari bilan rasmiy aloqalar o‘rnatish, tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalaridan boshqarma faoliyati bilan bog‘liq ma'lumotlarni so‘rash;
  3. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsati bilan boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish;
  4. Mahalliy hokimliklar va boshqa vazirlik hamda idoralardan tegishli davlat dasturlari va rivojlanish prognozlari, Hukumat topshiriqlari va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni so‘rash;
  5. Tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish;
  6. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish hamda tushuntirishlar tayyorlash.

 

UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

 

Amalga oshirilayotgan dasturlar samaradorligini tahlil qilish sho‘basi bosh mutaxassisi - vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma‘lumotga ega, moliya, iqtisod hamda bank yoʻnalishlarida kamida 10 yil (shu jumladan, loyihalarni monitoring yonalishida) ish tajribasiga ega boʻlishi (xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
  2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ipoteka bozori va uy-joy siyosati yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. Uy-joy qurilishini boshqarish bo’yicha ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va о‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bо‘lish;
  5. 5.Kompyuter dasturlarida mukammal ishlay olishi;
  6. Oʻzbek va rus tillarini mukammal, ingliz tilini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).

Vazifalar:

  1. Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  2. Uy-joy siyosati hamda ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha tegishli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, kо‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan uy-joylarni qurish dasturlarining о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  4. Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda uy-joylar qurilishini boshqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish;
  5. Soha bo‘yicha yuridik va qonun hujjatlarni tahlil qilish;
  6. Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritish;
  7. 13.Sektor vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
  8. Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
  9. 15.Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’

 

XALQARO TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK BOLIMI

 

 Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bolimi boshlig‘i vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, xalqaro aloqalar yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  2. Davlat boshqaruvi organlarida kamida 3 yillik, xalqaro aloqalar yoʻnalishida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
  3. Xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatlar moliyaviy tashkilotlarining umumiy va Oʻzbekistondagi faoliyati toʻgʻrisida toʻliq tushunchasi boʻlishi;
  4. Xalqaro tashkilotlar yordamida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning operativ holati, ular boʻyicha oʻzlashtirish holati, muammolari boʻyicha tahlil qilish malakasiga ega boʻlishi va muammolarning yechimlarini taklif qila bilishi;
  5. Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  6. Ish yuritish malakasiga, ishbilarmonlik etikasiga ega boʻlishi;
  7. Oʻz faoliyati doirasida rahbariyat topshiriqlarining soʻzsiz va samarali bajarilishini taʼminlashga tayyor boʻlishi;
  8. Mamlakat boʻylab va xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga tayyor boʻlishi;
  9. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini toʻgʻri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
  10. AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
  11. Oʻzbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi, shuningdek, boshqa chet (fransuz, nemis, yapon, xitoy) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

 

 

 

Vazifalar:

  1. Xalqaro tashkilotlar bilan ishchi aloqalarni oʻrnatadi, olib boradi, maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyadi, doimiy oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
  2. Xalqaro tashkilotlar yordamida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha operativ va tahliliy maʼlumotlarni muntazam ravishda toʻplaydi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
  3. Xalqaro tashkilotlar loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
  4. Xalqaro tashkilot vakolatxonalarining tashriflarini kelishadi va tayyorlaydi, ularning tashriflarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
  5. Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli maʼlumotlarni tayyorlaydi, lozim boʻlganda uchrashuvlarda ishtirok etadi;
  6. Xalqaro tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadi, natijasi boʻyicha hisobotni tayyorlaydi;
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rahbarlari tomonidan oʻtkaziladigan uchrashuvlar natijalari boʻyicha bayonnoma loyihalari, memorandumlar, eslatmalar tayyorlaydi;
  8. Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarini bajarilishini taʼminlaydi va koʻmaklashadi;
  9. Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirlik rahbariyati koʻrsatmalarining bajarilishini tashkil etishni taʼminlaydi;
  10. Boʻlimning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli boʻlinma va tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi;
  11. Vazirlik rahbariyati tomonidan oʻtkaziladigan kengash va boshqa yigʻilishlarda qatnashadi;
  12. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi bilimlarni oshirish maqsadida boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish va maxsus oʻquv kurslariga malaka oshirish uchun yuborish toʻgʻrisidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
  13. Xizmat topshiriqlarini xodimlar oʻrtasida taqsimlashni taʼminlaydi va ularning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
  14. Boʻlim xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  15. Boʻlimda xodimlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha takliflarni departament direktoriga kiritadi;
  16. Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

 

SANOAT SIYOSATINI YURITISH DEPARTAMENTI

 

Strategik tarmoqlarni isloh qilish va mehnat unumdorligini oshirish masalasi boshqarmasi

 

. Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Oliy ma’lumotli, iqtisodiyot (hududiy iqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti) sohasida umumiy ish tajribasi 5 yil, shundan rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
  2. Strategik tarmoqlar korxonalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ularning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha metodik materiallarni ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lish;

3.Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish
va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

  1. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  2. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi. 

Vazifalar:

  1. Davlat ishtirokida strategik tarmoqlar korxonalarini isloh qilishda quyidagilarda ishtirok etadi:

vazirliklar va idoralarning strategik korxonalarni isloh qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan, davlat korxonalarini, xo‘jalik birlashmalarini iqtisodiy va tartibga solish funksiyalari ajratish yo‘li bilan qayta tashkil etishni amalga oshirish;

strategik tarmoq korxonalarini xususiy sektor bilan teng bozor sharoitida to‘liq ishlashi uchun o‘z tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni erkin shakllantirishga o‘tishi, davlat ishtirokida strategik korxonalar uchun mavjud bo‘lgan barcha imtiyozlarni doimiy ravishda xatlov qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish;

xalqaro moliyaviy institutlar va kompaniyalar bilan strategik korxonalar qo‘shma loyihalarini tayyorlab amalga oshirish.

  1. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasining maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda strategik tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqarish, modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali resurs hamda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sohasida strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqadi.
  2. Jahon tajribasi, ilmiy tadqiqotlar, bozor tamoyillari va iqtisodiy modellashtirishdan foydalangan holda strategik tarmoqlarning rivojlanish parametrlarini tahlil qilish hamda prognozlashni takomillashtirish sohasida:

jahon bozoridagi tendensiyalarni tahlil qilish va strategik tarmoqlarning rivojlanish parametrlarini optimallashtirish;

sohalarning kompleks rivojlanishini ta’minlovchi dasturlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;

jahon tajribasi va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash orqali ularni rivojlantirish hamda isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi.

  1. Strategik tarmoq korxonalari sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy yuqori texnologik uskunalar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda strategik tarmoqlar faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni diversifikatsiyalash hamda mavjud mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlashni hisobga olgan holda sohalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va konsepsiyalarni ishlab chiqish.
  2. Strategik tarmoqlarning tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va tashkiliy-uslubiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, ularning faoliyati samaradorligini tahlil qilishda ishtirok etadi.
  3. Strategik tarmoqlarning davlat unitar korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek, ularni strategik korxonalar ro‘yxatiga kiritish (yoki chiqarish) bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi.
  4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
  5. Rahbariyat bilan kelishilgan holda Boshqarma vakolati doirasida sohaga oid uchrashuvlarda, seminarlarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.