Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha seminar
11/11/2021 - 15:51 3447
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021-yil uchun “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida, markaziy apparat va hududiy bosh boshqarmalarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyati yuzasidan tadbir va seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Buxoro viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ushbu “Yo‘l xaritasi”ga asosan ishlab chiqilgan “Chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash maqsadida boshqarma va uning quyi bo‘g‘inlarida targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, yosh xodimlar mas’uliyatini ya’nada oshirish borasida vazirlik tizimida bir qator ishlar olib borilmoqda. Avvalambor, “ma’naviyat” tushunchasi nimani anglatishini tushunishib olishimiz zarur. O‘z navbatida, xodimlarning ma’naviy qiyofasini to‘laqonli yaratishni taqozo etadi. Zamonaviy xodimning sofdil, to‘g‘riso‘z, mustaqil fikriga ega, o‘z kasbining ustasi, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni zimmasiga oladigan adolatparvar bo‘lishi zarur. Chunki fidoyi, vatanparvar, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yosh xodimlarni tarbiyalashi hamda jamoaviy ruhiyatni shakllantirishi zarur.
Yig‘ilishda “Farzandnoma” kitobining yosh avlod, xususan, farzand tarbiyasi va uning ma’naviy yuksalishi uchun befarq bo‘lmagan ota-onalarga, ustoz-murabbiylarga, fidoyi va ziyoli rahbar-xodimlarga mo‘ljallanganligi, undagi ayrim fikrlar o‘z volidalari tomonidan namunali tarzda o‘qilib, video-lavha tayyorlanganligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Ushbu video-lavhalar ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda boshqarma xodimlari bilan tashkilot va korxonalar uchun ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o‘zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlash haqida о‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Til — millatning ma’naviy boyligidir” nomi ostida vazirlikda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir o‘zaro qizg‘in va samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi.
Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi