SAYLOV VA UNING HUQUQIY ASOSLARI MUHOKAMA ETILDI
21/09/2021 - 18:33 3710
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida xodimlar orasida saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov qonunchiligi, uning ahamiyati va saylovlarni o‘tkazish tartibi” mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, saylovlarni o‘tkazish tartibi va bosqichlari, saylov bo‘yicha belgilangan huquq va majburiyatlar, ovoz berish tartibi va muddatlari hamda saylov qonunchiligi bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, taqdimot doirasida 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ma’lumotlar ham berib o‘tildi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarning saylov qonunchiligiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil tushuntirish va ma’lumotlar berildi.