“Halol mehnat va insof – baraka manbai” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

07/09/2021 - 18:18 3653

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi bosqichini yaratish boʻyicha            2021-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ning 46-bandida koʻzda tutilgan “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” shiori ostida tashkillashtirilgan “Halol mehnat va insof – baraka manbai” tanlovida ishtirokchilar oʻzlarining “Iqtisodiyotda korrupsiyaga barham beraman” mavzusidagi konseptual loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga koʻra:

birinchi oʻrinni Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining I bosqich doktoranti Shahzod Hamdamov,

ikkinchi oʻrinni Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi xodimi Mirtemur Yusupov,

uchinchi oʻrinni «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK xodimi  Ural Yusupov qoʻlga kiritdilar.

                    Hurmat bilan,

 Vazirlik maʼnaviyat va maʼrifat kengashi.