OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
27/08/2021 - 12:34 4339
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 26-avgustdan 4-sentabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA PROTOKOL XIZMATI DEPARTAMENTI
JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIK BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Davlat boshqaruvi organlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Xalqaro moliyaviy institutlar (XMI), xususan, Jahon banki guruhining umumiy va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchasi bo‘lishi;
- XMIlar yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning operativ holati, ular bo‘yicha o‘zlashtirish holati, muammolari bo‘yicha tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi va va muammolarning yechimlarini taklif qila bilishi;
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi, shuningdek, boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Jahon banki guruhi bilan ishchi aloqalarni o‘rnatadi, olib boradi, ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, doimiy o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
- Jahon banki guruhi yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha operativ va tahliliy ma'lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
- Jahon banki guruhi investitsion loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
- Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi, lozim bo‘lganda uchrashuvlarda ishtirok etadi;
- Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli bo‘linma va tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;
- Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarining bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
- Xizmat topshiriqlarini xodimlar o‘rtasida taqsimlashni ta'minlaydi va ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
- Boshqarma xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi va ko‘maklashadi;
- Vazirlik rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan kengash va boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi bilimlarni oshirish maqsadida boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va maxsus o‘quv kurslariga malaka oshirish uchun yuborish to‘g‘risidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
- Boshqarmada xodimlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflarni departament direktoriga kiritadi;
- Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
YER ISLOHOTLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
1.Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, kadastr, yuridik xizmat, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishlarida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lish;
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish nuqtai nazaridan o‘rganishlar olib borish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish hamda davlat boshqaruvi sohasida xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflarni ishlab chiqish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- Yer bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yondashuvlariga ega bo‘lish.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
- Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi.
- Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib boradi va yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.
- Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini o‘rganib, muvofiqlashtirib boradi, tegishlicha Rahbariyatga maʼlumot tayyorlaydi.
- Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
- Qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini isloh qilish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, qishloq xo‘jaligi, kadastr, shuningdek yuridik xizmat yo‘nalishlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish nuqtai nazaridan o‘rganishlar olib borish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
- Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish hamda davlat boshqaruvi sohasida xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflarni ishlab chiqish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Qishloq xo‘jaligi yer sohasidagi munosabatlarni tubdan rivojlantirish, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yondashuvlariga ega boʻlish.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
- Yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
- Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib boradi va qishloq xo‘jaligi yer sohasidagi munosabatlarni tubdan rivojlantirish, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.
- Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini o‘rganib, muvofiqlashtirib boradi, tegishlicha hisobotlarini tayyorlaydi.
- Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
AXBOROT XIZMATI
Bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- oliy ma’lumotli (iqtisodiyot, siyosat);
- O‘zbek tilini mukammal, Rus va Ingliz tillarida o‘z fikrlarini tushuntira olish darajasida bilishi lozim;
- professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
- kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Word, Excel, Outlook, Power Point ofis dasturlarida, Corel Draw dasturida hamda Canva, Adobe Photoshop kabi grafik dasturlarida ishlay olish;
- oy davomida dunyoning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy va moliyaviy maqolalarini aniqlash hamda bu haqda qisqacha tahliliy materiallar (opinions) tayyorlay olish;
- muomala va muzokara madaniyati;
- o‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish;
- yetakchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- tez va samarali ishlash qobiliyati;
- mas’uliyatli va muddatlarga rioya qilish;
- vazifalardan kelib chiqib, tegishli materiallarni tahlil qilish, sohaga oid muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab olish yuzasidan taklif va mulohazalar kiritish, olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish, ishlarni aniq rejalashtirish va samarali tashkil etish hamda yetarli darajada tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- analitik ko‘nikmalar;
- ijodkorlik va g‘ayrat;
- turli tuzilmalar bilan do‘stona muloqot qila olish tajribasi;
- sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularning ijrosini ta’minlash va nazoratini yuritish bilan bevosita shug‘ullanish;
- real tarmoq (ishlab chiqarish) korxonalari faoliyatini iqtisodiy tahlil qila olish;
- Mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmatida 1 oy muddatga amaliyot o‘tash;
Vazifalar:
- Bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim Nizomiga muvofiq yuklatilgan funksiyalar ijrosini ta’minlash;
- ommaviy axborot vositalari vakillari bilan yangi aloqalarni o‘rnatish;
- xorijiy elektron va bosma OAV monitoringini amalga oshirish;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga taalluqli rasmiy xabarlar, ekspert izohlari va boshqa axborot (jurnalistik) materiallarni ommaviy axborot vositalarida tarqatish;
- tezkor ishlarda zarur bo‘lgan matn materiallarini yozishni amalga oshirish;
- Vazirlik ishtirokidagi matbuot anjumanlarida, brifinglarda OAV vakillarining ishtirokini ta’minlash;
- tezkor axborot-ma’lumotnoma ishlarini olib borish Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga oid ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarning so‘rovlariga javob tayyorlash;
- nashr etish, tele yoki radio uzatish uchun materiallarni yig‘ish va tayyorlashni amalga oshiruvchi jurnalistlarga yordam berish;
- matnlarni yozish (matbuot press-relizlari, maqolalar, sharhlar, intervyular va boshqalar);
- ixtisoslashtirilgan va biznes ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish: axborot va izohlar berish;
- kunlik OAV monitoringi;
- prezentatsiyalar o‘tkazish;
- tadbirlarni suratga olish;
- ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlarni to‘g‘rilash;
- tashqi va ichki tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- yangiliklar, press-relizlar va tadbirlar yuzasidan axborot jamlash bo‘yicha vazirlikning barcha bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
- vazirlikning maqsadli dasturlari va maxsus loyihalarini axborot bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan muzokaralar olib borish;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyati to‘g‘risidagi e’lon qilingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish.