«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
12/06/2014 - 20:50 9460
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 19-son, 210-modda)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma'qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 61-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1−2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008 yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014 yil 6 may,
O‘RQ-370-son
Manba: LexUz