Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari-Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi tayinlandi
15/03/2021 - 11:20 5071
Maxamatov Abbosxon Maxamat o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari-Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Maxamatov Abbosxon 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 2000-yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
Maxamatov Abbosxon o‘z faoliyatini 1999-yilda O‘zsanoatqurilishbanki Rakat filiali Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan.
2000-2019-yillarda “Asakabank” va uning filiallarida mutaxassis va rahbar lavozimlarida ishlagan hamda 2019-2021-yillarda “Asakabank” AJ Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan.
Tayinlovga qadar, “Asakabank” AJ Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati