Konstitutsiya — bu davlatchilik va jamiyat asosi
16/12/2019 - 15:30 8196
Bugun vazirlikning katta majlislar zalida Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzasida belgilab berilgan muhim vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni vazir Botir Xo‘jaev kirish so‘zi bilan ocharkan, ma’ruzada keltirilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, vazirlik jamoasining oldida turgan 2020 yilgi asosiy yo‘nalishlarga to‘xtaldi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari Botir Usmonov “Konstitutsiya, bu – davlatchilik va jamiyat asosi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z chiqishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan oltita ustuvor yo‘nalishlarni vazirlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratdi.
Tadbir yakunida vazirlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan vazifalar va ularning ijrosi to‘g‘risida topshiriqlar belgilanib olindi.
Axborot xizmati