DORIVOR STEVIYA O‘SIMLIGINI MAHALLIYLASHTIRISH NATIJALARI XUSUSIDA

09/12/2019 - 12:33 4260

Avval xabar berganimizdek, shu yilning  28-30 noyabr  kunlari Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, resurs, energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar samaradorligi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etishgan edi.

Quyida ushbu tadbirda “Olloxyoroxun” Steviya eksperimental fermer xo‘jaligi rahbari, professor Xikmatulla Allayorov, Termiz davlat universiteti dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Abdusamat Begmatov hamda  vazirlik mas’ul xodimi, texnika fanlari doktori Farhod Rahimovlarning “Dorivor steviya o‘simligining oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni mahalliylashtirish natijalari” nomli ilmiy-amaliy maqolasi e’tiboringizga taqdim etilmoqda.

Maqolaning to‘liq matni veb-saytimizning “Tahliliy maqolalar” bo‘limida joylashtirligan.