Oziq-ovqat sanoatida integratsiyalashuv va innovatsiyalar
02/12/2019 - 18:58 4865
Joriy yilning 28-30 noyabr kunlari Namangan viloyatida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, resurs, energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar samaradorligi” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishib, ma’ruza qildilar.
Quyida vazirlik mas’ul xodimlari texnika fanlari doktori, dotsent Farhod Rahimov, texnika fanlari nomzodi, dotsent Botir Usmonov hamda Odil Usarovlar tomonidan tayyorlangan “Oziq-ovqat sanoati sohasida integratsiyalashuv va innovatsion muhitning shakllanishi” nomli tahliliy maqolaning Annotatsiyasi (qisqacha izohi) taqdim etilmoqda.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada respublika oziq-ovqat sanoatida integratsiyalashuv va innovatsion muhitning shakllanishi, Hukumatimizning tegishli farmon, qarorlari, ularda yuklatilgan vazifalar, soha tashkil etuvchilari hamkorligini yo‘lga qo‘yish mazmun-mohiyati yoritilgan. Bunda sohaning dastlabki yacheykasi sifatida oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislik kafedralari, innovatsion guruhlar, ilmiy-texnologik muammolar, namunaviy mavzular, ularning taqsimoti hamda amaliy natijalarga yondashuvlari bayon etilgan.