Nukusda energiya samaradorligi bo'yicha davra suhbati tashkil etildi
16/10/2019 - 16:08 8002
Joriy yilning 15 oktyabr kuni Nukus shahrida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Energetika vazirligi bilan hamkorlikda davlatimiz rahbarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan PQ-4422-sonli qarori va "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasi ijrosiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda tadbirkorlar, hududiy va mintaqaviy elektr tarmoqlari va gaz ta'minoti korxonalari, sanoat korxonalari rahbarlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar. Unda energiyani tejash zarurati va uning zamonaviy iqtisodiyotdagi o’rni, energiya tejash siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vositalar va mexanizmlar haqida muhokamalar olib borildi.
Davra suhbatida Qoraqalpoq PTES MChJ bosh direktori Z.Kerimzatov, O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Energiya tejash departamenti direktori M.Hakimov, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyiha Muvofiqlashtiruvchi guruhi direktori A.Alimbaev hamda Elektr energetikada nazorat qilish inspektsiyasi boshqama boshlig'i A.To'raev ma'ruza qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi energiya tejamkor uskunalari yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda energiya tejaydigan uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida "Ozelektroapparatelektroshield" OAJ, Chirchiq transformator zavodi, Nukuselektroapparat, Toshelektroapparat, "E-cover", "Mega Trans Energy" MChJ, "QIE solar technology", "Endüstriyel Elektrik", "Solar Power" MChJ, "OFTOB NUR" MChJ va boshqalar o'z mahsulotlarini namoyish etdilar. Yarmarkaga 250 dan ortiq kishi tashrif buyurdi
Navbatdagi davra suhbati 16-oktabr kuni Urganch shahrida viloyat Hokimligi binosida bo'lib o'tadi.
O'tgan davra suhbati tinglovchilarga respublikada ishlab chiqarilayotgan energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya uskunalari bilan bevosita tanishish, energiya samaradorligini oshirish va energiya tejashni oshirish uchun ulkan salohiyatdan foydalanish, shuningdek ularni joriy etishda moliyaviy, shu jumladan Jahon banki mablaglari orqali mexanizmlar bo’yicha fikr almashish imkoniyatini berdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasi muvofiqlashtirish guruhi