Nurafshon shahrida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi
28/02/2019 - 18:40 9508
2019 yil 27 fevral kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlari hamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida Loyihaning afzalliklari va kredit mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida tinglovchilarga batafsil ma'lumot berildi.
Shu bilan birga tadbir davomida “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “Bekobodsement” AJ kabi yirik korxonalar vakillari Loyiha doirasida energosamardor uskunalarni joriy etish natijalari va tajribalari to‘g‘risida ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdilar.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi - ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan kichik biznes sub'yektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini ko‘rsatishdan iborat.
Navbatdagi davra suhbati 2019 yil 1 mart kuni Surxandaryo viloyatining Termiz shahrida o‘tkaziladi.