O‘zbekiston logistikasi: kecha, bugun va istiqbolda
21/09/2018 - 18:08 29344
Kecha poytaxtimizning “Hyatt Regency” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiya ishi sho‘ba majlislarida davom ettirildi. “Markaziy Osiyo davlatlarining transport va tranzit salohiyatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” nomli birinchi sho‘baga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev raislik qildi. Evropada xavfszlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori Jon Makgregor va Birlashgan millatlar tashkilotining yurtimizdagi doimiy Koordinatori Xelena Freyzer anjumanga raisdoshlik qildilar.
Unda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining transport va tranzit salohiyati bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.
Sho‘ba ishida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, diplomatik korpus hamda transport va logistika sohasidagi biznes doiralar rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Majlis yakunida ishtirokchilar tarif siyosati, axborot texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va rivojlantirishda yangi innovatsion g‘oyalar bilan tashabbus ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish muhim ekanligi to‘g‘risida yagona fikrga keldilar.
Shuningdek, Toshkentdagi INHA universiteti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Akisiyadorlik jamiyatining Ilmiy-tadqiqot axborot markazi o‘rtasida raqobatbardosh axborot texnologiyalari hamda logistika sohasida akademik va ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Iqtisodiyot vazirligi
Axborot xizmati