LOYIHA: O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida

17/07/2017 - 16:02 10635

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
QARORI

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji
va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi PF-3860-son «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013 yil 15 fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (ro‘yxat raqami 2436,

2013 yil 20 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatining 82-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

82.

8704 10 102 0***,
8704 21 100 0,
8704 23 910 1,
8704 23 910 2,
8704 31 100 0
Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan, 8705 (yuk ko‘tarish qobiliyati 50 tn gacha bo‘lgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan

Yuk tashish va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

Iqtisodiyot vaziri                                                           G. Saidova
Toshkent sh.,
2017 yil «___» __________,
_____________-son

 


Moliya vaziri                                                                B. Xodjayev
Toshkent sh.,
2017 yil «___» __________,
_____________-son

 


Tashqi savdo vaziri                                                      E. G‘aniyev
Toshkent sh.,
2017 yil «___» __________,
_____________-son

 


Davlat bojxona qo‘mitasi raisi                                          M. Toxiriy
Toshkent sh.,
2017 yil «___» __________,
_____________-son