Vazirlikda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

26/08/2016 - 17:23 11752

Bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbekiston – tinchliksevar tashqi siyosat tarafdori” mavzusida xodimlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va tizimdagi tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdilar.

Seminarni vazir o‘rinbosari Sh.N.Fayzullayev olib bordi. U seminar ishtirokchilarini kun mavzusi bilan tanishtirib, so‘zni iqtisodiyot fanlari nomzodi, Favqulodda va muxtor elchi, Ilxomjon Tuychiyevich Nematovga berdi.

I.Nematov mamlkatimiz mustaqilligining 25 yilligi bilan seminarda ishtirok etayotgan barcha tinglovchilarni chin yurakdan tabriklab, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatda tanlagan yo‘li, xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi, turli xalqaro tashkilotlardagi roli haqida batafsil so‘zlab berdi.

Jumladan, yaqin va uzoq mamlakatlar hududida ro‘y berayotgan urush va terroristik harakatlar, ularning shiddat bilan avj olishi va mintaqalarda tarqalishi, shuningdek, bu kabi mudxish voqyealarning oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Ma'ruza mazmunan keng qamrovli va qiziqarli bo‘lib, unda muhokama qilingan masalalar ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirganligi shubhasiz.

Iqtisodiyot vazirligining Axborot xizmati