Antivirus dasturlari sotib olish

27/11/2015 - 12:46 11936

Vazirlik Markaziy Apparati ehtiyoji uchun litsenziyali antivirus dasturlari sotib olish bo`yicha O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida tegishli ariza berilgan.

Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 166-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.

Talabnoma taqdim etilgan sana 19.11.2015y.

Auksion tugash muddlati 29.11.2015y.

Savdoda qatnashuvchilar uchun lot raqami - 3685072.

Mazkur lot bo'yicha batafsil ma'lumotlar bilan bu yerda (pdf, 94,9Kb) tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun (+99871) 232-63-00 (Qarshiev D.) hamda (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.