Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 624 o‘rinli maktab rekonstruksiya qilinmoqda
22/08/2022 - 23:34 1532
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi (QIRL) doirasida Sirdaryo viloyati “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida 624 o‘ringa mo‘ljallangan 10-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu subloyiha QIRL mutaxassislarining jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan tanlab olingan edi. Mahallada istiqomat qiluvchi Xursanoy Dadajonovaning so‘zlariga ko‘ra, aholi binoning yaroqsiz holga kelib qolgani va farzandlari qo‘shni maktabga borish uchun har kuni 5 km dan ortiq yo‘l bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgani sababli ushbu subloyihani tanlagan. Tez orada “Qahramon” mahallasining bolalari barcha zamonaviy talablarga javob beradigan maktabda tahsil oladilar.


“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi tamoyillariga muvofiq, butun qurilish jarayoni loyiha tomonidan qishloqning faol aholisi orasidan tashkil etilgan Mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari nazoratida boʻladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati