Vazirlik idoralar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
19/08/2022 - 19:45 1742
Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Vazirlar Mahkamasi, vazirlik idoralar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori Murodullo Хolmuxamedov, Germaniya KfW bankining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Аndreas Shnayder, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Enriko Pinali va boshqa ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Germaniyaning KfW banki tomonidan moliyalashtiriladigan “Professional taʼlim tizimini takomillashtirish” loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, muhokama Germаniyadа o‘rtа bo‘g‘in mutаxаssislаrini tаyyorlаsh uchun o‘qitish muddаtlаri kabi masalalarni o‘z ichiga oldi. Loyihа doirаsidа tаnlаngаn tа’lim muаssаsаlаri vа sohаlаr ajratilib chiqilgan bo‘lib, loyihаni аmаlgа oshirish grаfigi va KFW loyihаsini bаholаshning аsosiy jihаtlаri o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati