BMTTD, BMTAJ va FAO qo‘shma dasturini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

11/08/2022 - 18:40 2634

Joriy yilning 10-avgust kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, BMTning Taraqqiyot dasturi, BMTTDning (UNFPA) va BMTning oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO) qoshma dasturi doirasida  “Orolbo‘yi mintaqasining zaif jamoalarida iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilish uchun ularning moslashish salohiyatini kuchaytirish orqali yoshlar va zaif aholining ijodiy va innovatsion salohiyatini targ‘ib qilish” mavzusiga bagishlangan  videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish  vazirligining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatli vakillari hamda Chimboy, Bo‘zatov Qorao‘zak tumanlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish  vazirligining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. 

Shuningdek, 20222026-yillarga moljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsadlari qayd etildi.

2020-yil may oyida xalqaro tashkilotlar bilan sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida Ozbekiston rahbariyati tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risida” muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiya xalqaro hamjamiyatni Ozbekistonning asosiy hududlaridan birining qiyinchiliklariga qarshi kurashda chora-tadbirlarning birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini yanada yaqin va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tomonlar erishilgan oraliq natijalar togrisida fikr almashdilar, shuning uchun Qoraqalpogistonning 3 ta pilot loyihalar hududlarida inson kapitalini rivojlantirishga komaklashish, tadbirkorlik va daromad olish uchun qulay muhit yaratish, infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan:

- 3 ta kasb-hunar ta’limi markazlarining moddiy-texnik bazasi yangilandi, ularning asosida 250 dan ortiq kishi oqitildi va 80 kishini ish bilan ta’minlashga yordam berildi.

-3 ta yangi ishlab chiqarish kooperativiga texnik yordam korsatildi, ular orqali 100 nafar aholining zaif qatlami va yoshlari qishloq xojaligi sohasiga jalb qilingan.

- 16000 dan ortiq fuqaroning asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaxshilandi (ichimlik suvi, elektrlashtirish va sogliqni saqlash).

Uchrashuv yakunida tomonlar yanada kop qirrali va ozaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati