2022-yil 2-16-iyun kunlari Jahon banki missiyasi faoliyati yakunlari va O‘zbekistonda yer siyosati sohasidagi ishchi guruhlar faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati
17/06/2022 - 19:17 3124
Joriy yilning 17-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qiaqartirish vazirligida yer resurslarini boshqarish va yer siyosatining keyingi yo'nalishlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulov, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, GIZ loyihasining mintaqaviy menejeri Beate Shoreit xonim hamda moliya, qishloq xo'jaligi, qurilish, suv xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi vazirliklari, kadastr agentligi, USAID agentligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Missiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo'ldi:
1. Yer siyosati va yer islohotining yo'l xaritasini ishlab chiqishda texnik yordam ko'rsatish;
2. “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastrni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishda taraqqiyot tahlili va qo‘llab-quvvatlash;
3. Yer resurslarini boshqarish sohasidagi keyingi qo'llab-quvvatlashning dolzarb sohalarini muhokama qilish.

Missiya yakunida O'zbekistonda yer resurslarini boshqarish islohotining oltita tarkibiy qismi aniqlandi: 1) mulkni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish; 2) qishloq xo'jaligida yer islohoti; 3) qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lmagan yer islohoti; 4) mulkni baholash va soliqqa tortish; 5) yer resurslarini davlat tomonidan boshqarish; 6) yer axborot tizimi, mulk ma'lumotlar bilan tanishish huquqi.
Tadbir davomida Jahon banki ekspertlari tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga yer munosabatlarini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha taqdimot namoyish etildi.

Xususan, mulkni boshqarish tizimini strategik maqsad sifatida modernizatsiya qilish sohasida: yer resurslarini boshqarishning shaffof va samarali tizimini yaratish, mulkni ro'yxatga olish uchun me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash belgilangan. Qishloq xo'jaligi yerlarini isloh qilish sohasida – qishloq xo'jaligi yerlarining samarali bozorini yaratish, qishloq xo'jaligida yerdan foydalanishni takomillashtirish va boshqalar.
Tadbir davomida ishtirokchilar yer resurslarini boshqarish tizimini isloh qilishning keyingi yo'nalishlari bo'yicha o'z fikr va takliflarini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati