“Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
14/06/2022 - 15:10 3127
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabr “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, tuman markazlari o‘z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan 14 ta hududiy boshqarmalari, 207 ta tuman (shahar) markazlari rahbarlarining malakasini yanada oshirish,hududiy boshqarmalarning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari” mavzusida hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida bir haftalik o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur o‘quv-seminar mashg‘uloti Davlat boshqaruvi akademiyasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv-reja dasturiga muvofiq tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Agentlikning barcha hududiy boshqarma boshliqlari hamda tuman(shahar) markazlari rahbarlari shuningdek, vazirlik, qo‘mita va boshqa tashkilotlarning mas’ul mutaxassis xodimlari ishtirok etishdi.

Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv-seminar mashg‘ulotida, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishning asosiy yo‘llari va huquqiy asoslari, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, band bo‘lmagan aholini munosib ish o‘rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish ishlariga jalb etish bo‘yicha tushunchalar berilishi ko‘zda tutilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati